Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Muhammad Saloh o‘zi tug‘ilgan qishloqqa tez tibbiy yordam markazi qurib berdi

Muhammad Saloh o‘zi tug‘ilgan qishloqqa tez tibbiy yordam markazi qurib berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" jamoasining misrlik yulduzi Muhammad Saloh gol urish va kuboklar yutishdan boshqa ishlarni ham amalga oshiradi. U nafaqat futbolda, balki xayriya ishlarida ham yetakchilardan biri hisoblanadi. Bunday ishlarning so‘nggi ko‘rinishi Saloh o‘zi voyaga yetgan Misrning Najrij hududiga tez tibbiy yordam markazini qurib berishi bo‘ldi.

600 000 Misr fundi (37 200 AQSH dollari) miqdoridagi mablag‘ga qurib bitkazilgan ushbu markaz mazkur qishloqda yashovchi 30 ming kishiga xizmat qiladi. Uning ochilish marosimi shu haftada bo‘lib o‘tdi va unda Salohning otasi Hoji Saloh G‘oliy ham ishtirok etdi.

Foydalanishga topshirilgan yangi tibbiyot markazi Salohning ko‘plab amalga oshirgan xayriya ishlaridan birigina xolos. Misol uchun, Najrijda qizlar maktabga borish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tishlariga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun Saloh 2018 yilda ushbu qishloqda qizlar uchun maktab qurishni moliyalashtirdi.

U, shuningdek, Najrij qishlog‘ida joylashgan G‘arbiya provinsiyasi uchun yer sotib olib berdi. Endi provinsiya bu yerni suvni qayta tozalash zavodi qurish uchun ishlatadi va bu yerda toza suv muammosi hal bo‘ladi.

Bundan oldin "Liverpul" hujumchisi o‘z qishlog‘i uchun tibbiy jihozlar taqdim etgan va bu yerdagi muhtoj odamlarga yordam berish uchun xayriya fondini tashkil qilgandi.

Saloh o‘zi tahsil olgan eski maktabiga futbol maydoni va sport zali qurishga ham ko‘maklashdi. Endi bu maktabdagi bolalar sport bilan shug‘ullanishlari va sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashashlariga sharoit yaratildi.

Saloh nafaqat o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyiga, balki Misrning boshqa hududlariga ham moliyaviy yordam beradi. U 2016 yilda «Tahya Masr Fund» fondiga 5 million Misr fundi, 2019 yilda esa Milliy silga qarshi kurash institutiga 50 million Misr fundi miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilgan.

Saloh qo‘li ochiq inson bo‘lgani uchun uni “baxt yaratuvchi” deb ham atashadi. Salohning futbol maydonidagi harakatlari boshqalarni qanchalik ruhlantirsa, uning maydon tashqarisidagi ishlari ham shunchalik muhim ahamiyatga egadir.

Manba: aniq.uz
Kiritildi: 13:15, 02.07.2020.
O'qildi: 5832 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.