Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Tur yakunlari: 106 kundan so‘ng qaytgan “Lokomotiv“, muxlislari bilan o‘ynagan “Navbahor“, endi faqat “AGMK“ qoldi

Tur yakunlari: 106 kundan so‘ng qaytgan “Lokomotiv“, muxlislari bilan o‘ynagan “Navbahor“, endi faqat “AGMK“ qoldi

Baho:
+ | -

Haftaning o‘rtasida, 1-2 iyul kunlari, O‘zbekiston Superligasi 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar chorshanba kungi barcha o‘yinlardan, Toshkent va Vodiydan amalga oshirilgan jonli translasiyalar orqali bahramand bo‘lishdi. Dastlab, “Lokomotiv“ o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan biri, “Qizilqum“ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba erishdi. Avazbek O‘lmasaliyev va Kirill Pogrebniyaklar bittadan golni rasmiylashtirishgan bo‘lishsa, asosiy tarkibga qaytgan Diyor Turopov ham tabloga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan holda “temiryo‘lchilarga“ Superligadagi rasmiy bahslarda 106 kundan so‘ng yana g‘alaba keltirdi. Navoiyliklar esa raqiblarga ochko ulashishda davom etishdi. Tajmurod Agamurodov shogirdlari, 7 o‘yindan 6 tasida mag‘lubiyat, 1 tasida durang qayd etib, 1 ochko bilan eng so‘nggi o‘rinni band etishgan.

Andijon shahrida Toshkentning boshqa bir jamoasi “Bunyodkor“ “Andijonga“qarshi mehmonda to‘p surdi. Ushbu bahs nursiz durrang bilan yakunlangandan so‘ng, toshkentliklar turnir jadvalida pastladi, mezbonlar esa bir ochko olishga muvofaq bo‘lishdi.

Kunning so‘nggi bahsi Qo‘qonda bo‘lib o‘tdi. Vodiyga safar qilgan “Mash’al“ mezbonlarga imkoniyatni boy berdi. “Qo‘qon-1912“jamosi esa, Murod Xolmuhammedovning dubli evaziga ushbu bahsda zafar quchdi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari, shu paytgacha 15 ochko jamg‘arib, 2 o‘rindagi “AGMK“ni ta’qib etishda davom etdi.

Payshanba, kuni birvarakayiga 4 ta o‘yin start oldi. Dastlab, “Buxoro“ Muborakda mezbon sifatida “Metallurg“ni qabul qilib, navbatdagi mag‘lubiyatni qayd etdi. Bekobodliklar safida Abbos Otaxonov va Stanislav Andreevning gollari hamda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Shahzod Ubaydullayevning dubliga, mezbonlardan Suxrob Ne’matov bir marota javob qaytara oldi. Umumiy hisob 1:4. Shu tariqa Andrey Shipilov jamoasi 13 ochko jamg‘argan holda, yetakchi o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona“ jamaosi Namanganda mehmon bo‘ldi va restartdan so‘nggi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ancha qizg‘in va shiddatli kechgan bahsda jamoalar ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Bosh murabbiy Andrey Kancheliskis garchi maydonning holatidan biroz qoniqmagan bo‘lsada, o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana olgan mezbonlar, Ruslan Bolov va Ivan Solovyovlarning gollari evaziga g‘alaba qozonishdi 2:0. Aytish mumkinki, natijalari yaxshilanayotgan Namangan jamoasi, tobora o‘z o‘yinini topib bormoqda. Qizig‘i, butun o‘yin mobaynida Namanganlik ishqibozlar o‘z suyuklilarini, o‘yingoh tashqarisidan bo‘lsada, qo‘llab-quvvatlab turishdi. Uchrashuv so‘nggida futbolchilar va muxlislar, g‘alabani an’anaviy tarzda nishonlashdi.

Turning markaziy uchrashuvi Olmaliqda, “AGMK“ hamda “Nasaf“ jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yinning ahamiyati, bu ikki jamoa chempionat avvalidan buyon, hali mag‘lubiyatga uchramagan va yetakchi pog‘onalar uchun jiddiy kurash olib borayotgan klublar edi. Sanjar Tursunovning penaltidan kiritgan goli evaziga bahsda birinchi bo‘lib hisobni ochgan olmaliqliklar yakunda ham g‘alabani rasmiylashtirishdi. O‘yinda Marko Stanoyevich hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, keyinchalik Erkin Baydullayev yana bittaga oshirdi. Yakunda hisob 2:1. Bu orqali Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirgan holda, 17 ochko bilan o‘z o‘rnini mustahkamladi.

7 tur bahslariga Toshkentda, chempionat peshqadami “Paxtakor“ hamda quyi pog‘onalarda borayotgan “Surxon“ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakun yasadi. O‘yinda dastlab, Aleksandr Kasyanning goli evaziga termizliklar hisobni ochishgan bo‘lsa, mezbonlar bu golga javoban Akbar To‘rayev qo‘riqlayotgan darvozaga 3 ta to‘p kiritishdi, 3:1. Dastlab, Dostonbek Hamdamov, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Sardor Sobirxo‘jayev toshkentliklarni oldinga olib chiqdi, Dragan Cheran esa farqni yana bittaga oshirgan holda, 7 ta gol bilan to‘purarlar poygasida mutloq peshqadamlikni davom ettirdi.

Dadajon FOZILJONOV tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:27, 03.07.2020.
O'qildi: 6428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.