Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Bugun futbol. «Lokomotiv» - «Surxon»

Bugun futbol. «Lokomotiv» - «Surxon»

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing 8-tur bahslariga start beriladi. «Lokomotiv» o‘z maydonida Termizning «Surxon» klubini qabul qiladi.

Uchrashuv aslida Termizda o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli Toshkentga ko‘chirilganidan xabaringiz bor. Musobaqa jadvalida «Lokomotiv» 9 ochko bilan 8-o‘rinda boryapti. To‘plar nisbati 9-10. «Surxon» esa 4 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinni egallab turibdi. «Surxon»da to‘plar nisbati 7-15.

Karantindan so‘ng ketma-ket 3ta mag‘lubiyat qabul qilib olgan «Loko» o‘tgan turda g‘alabaga erishdi. «Temiryo‘lchilar» uyda «Qizilqum» ustidan 3:0 hisobida zafar quchishdi. Avazbek O‘lmasaliyev, Kirill Pogrebnyak va Diyor Turopov tomonidan kiritilgan gollar «Loko»ga bu yilgi Superligada uchinchi g‘alabani taqdim etdi. Avvalgi ikkita g‘alaba ham uyda «Andijon» va «Buxoro» ustidan qo‘lga kiritilgandi.

«Surxon» esa aksincha 3-turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Termizliklar bir bor durang o‘ynab to‘rtta bellashuvda imkoniyatni boy berishdi. Xususan jamoa oxirgi 3 o‘yinda faqat mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatlar AGMK, «Qo‘qon-1912» va «Paxtakor» bilan kechgan bahslarda qayd etildi.

Bugungi uchrashuv «Lokomotiv» uchun o‘z maydonidagi 6-o‘yin bo‘ladi. Avvalgi beshta bahsning uchtasida g‘alaba qozongan «temiryo‘lchilar» ikki marta mag‘lub bo‘lishgan. «Surxon» esa bugun safarda beshinchi bor maydonga tushadi. Bu jamoa hozircha safarda bir marta yutuqqa erishgan: Navoiyda «Qizilqum» 2:1 hisobida mag‘lub etilgan.

P.S. «Lokomotiv» - «Surxon» uchrashuvini soat 19:00dan boshlab «Mahalla» TVda to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib boring.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 09:47, 06.07.2020.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик