Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ulug‘bek Baqoyev: «Ruhiy «o‘ra»dan chiqib ketishimiz kerak edi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Ruhiy «o‘ra»dan chiqib ketishimiz kerak edi»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona» — «Buxoro» (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

— «Andijon» bilan durang o‘ynadik, Namanganda yutqazdik, yigitlar kichik ruhiy o‘raga tushib qolishgandi. Shu bois futbolchilarimga rahmat. Bugun nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz kerak edi. Bugun mehmonlar posboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. G‘alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman.

— Bugun Sahob Rashidovga imkon berdingiz. Keyingi o‘yinlarda ham jizzaxlik yoshlarga ko‘proq imkon berishingizni tilayman.
— Barchamiz O‘zbekistonda yashaymiz. Nima uchun mahalliy yoki boshqa viloyatlik futbolchilarga ajratishimiz kerak? Agar statistikaga qarasangiz 99 foiz o‘yinchilar maydonga tushishmoqda. Faqat Oybek Nurmatov jarohati bois maydonga tushmayapti.

— Sahob Rashidov haqida fikringiz... Jizzaxda bo‘lgan avvalgi o‘yinda so‘raganimda yoshlarga imkoniyat berish haqida aytgandingiz. Balki yana boshqalarni ham jalb qilarsiz...
— Agar mashg‘ulot jarayoni va oldingi o‘yinlarga e’tibor qilsangiz, biz futbolchilarning jismoniy holatini hisobga olamiz. Namangandagi o‘yindan keyin 5 nafar o‘zgarishni amalga oshirdik. Sababi toliqish kuchli bo‘ldi. Sahob Namanganda nega maydonga tushmadi? Shamollab qolgandi. Bugun unga imkon berdim va gol urganidan xursandman. Unga omad tilayman va milliy terma jamoa darajasiga chiqishini tilayman.

— Bugungi o‘yinda darvozabonni o‘zgartirdingiz. Avvalgi o‘yin Milan Mitrovich oldinga chiqib ketib xato qildi va gol o‘tkazgandi. Bu qarorga kelishingizga shu holat sabab bo‘ldimi?
— Yo‘q, shunchaki yigitlar ruhiy o‘radan chiqib olishlarini xohladik. Kimdir xato qilgani uchun zaxirada qolmadi. Futbolchi o‘ziga kelib oladi va yana o‘ynashda davom etadi. Bu futbol. Kim gol ura olmasa va ko‘proq xato qilsa yutqazadi.

— Shirinboy Abdullayev ishonchingizni oqlay oldimi?
— Ha yaxshi o‘ynadi. Besh balli tizimda besh ball qo‘yamiz.

— Iskandar Shoyqulov haqida fikrlaringiz.
— Biz bir jamoamiz. Alohida futbolchilarga to‘xtalib o‘tmoqchi emasman. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman.

Kiritildi: 23:27, 07.07.2020.
O'qildi: 2126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик