Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Jasur Yaxshiboyev yangi jamoadagi maqsadi, Yevropa ligasi va chempionlik haqida (intervyu)

Jasur Yaxshiboyev yangi jamoadagi maqsadi, Yevropa ligasi va chempionlik haqida (intervyu)

Baho:
+ | -

Soligorskning "Shaxtyor" klubi a’zosiga aylangan Jasur Yaxshiboyev yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagach o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Jasur, taqdiringizni Belarusning turli jamoalari bilan bog‘lashayotgan edi. Ammo siz "Shaxtyor"ni tanladingiz. Nima uchun?
— "Shaxtyor"ga o‘tganimdan xursandman. Ha, mening BATE, "Dinamo-Brest" klublari o‘tishim mumkinligi haqida mish-mishlar bor edi. Men esa "Shaxtyor"ni tanladim. Bor gap shu.

— Siz yarim yildan beri Belarus chempionatida o‘ynayapsiz. Yangi jamoaga o‘tish haqida qaror qabul qilish qiyin kechdimi? Bu borada kim bilan maslahatlashdingiz?
— Ha, o‘zing yaxshi bilmagan jamoaga o‘tish haqida qaror qabul qilish oson emas. Oldinda seni nimalar kutib turganini bilmaysan. Oilam bilan maslahatlashib, "Shaxtyor" variantini tanladim.

— Yevropa ligasida o‘ynash imkoniyati siz uchun qo‘shimcha motivasiya bo‘ldimi?
— Albatta, har bir futbolchi Yevropa ligasi, Yevropa chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi. Bu endi yuqori daraja. Jamoa Yevropa ligasida ishtirok etishini bilardim.

— Joriy mavsumda saralash bosqichlari faqat bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Bunga munosabatingiz qanday?
— Bunda bitta o‘yin keyingi bosqich taqdirini hal qiladi. Shundan kelib chiqib, jamoaga o‘zini jangga tayyorlaydi.

— Siz 12-turda "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda ishtirok etdingiz. O‘sha bahsdan nimalar yodda qoldi?
— "Shaxtyor" bizga nisbatan jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, birinchi bo‘limda umuman bizga o‘yin bermagandi.

— Siz "Shaxtyor" hujumchisi Vitaliy Lisakovich bilan to‘purar poygasida peshqadamlik qilyapsiz. Kim mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
— Ko‘pchilik shu savolni beryapti. Avvalo jamoa g‘alabasi haqida o‘ylashimiz kerak. O‘ylaymanki, bahs davomida kimda yaxshiroq imkoniyat yuzaga kelsa, bir-birimizga uzatma beramiz. Yakunda kim eng yaxshi to‘purar bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

— Yangi jamoada o‘z oldingizga qanday vazifa qo‘yyapsiz?
— Birinchi navbatda bu jamoaning g‘alaba qozonishi uchun yordam berishni ko‘zlayapman. "Shaxtyor" safida ham o‘zimni ko‘rsatib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishni niyat qilyapman.

Manba: www.fcshakhter.by
Kiritildi: 18:59, 09.07.2020.
O'qildi: 12140 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.