Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tachmurod Agamurodov: «Penaltiga e’tirozim bor»

Tachmurod Agamurodov: «Penaltiga e’tirozim bor»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun jamoam ko‘rsatgan o‘yindan qoniqdim. Maydonda ko‘ldan kelganicha kurashishdi. "Navbahor" chempionatimizning yetakchi jamoalaridan biri sanaladi. Yuqori o‘rinlar va OCHL uchun kurashmoqda. Biz esa hozircha jon saqlab qolish yo‘lida kurash olib boryapmiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifa yo‘lida harakat qilamiz. Bugun birgina penalti barchasini hal qildi.

Chempionatni markazlashgan holatda o‘tkazish? Shunday qarorga kelishgan ekanmi, demak barchasi bizni va futbolchilarni sog‘ligini o‘ylab qilinmoqda. Futbol rahbarlari, mutasaddilar insonlarni xavfsizligini o‘ylagan holatda qaror chiqarishmoqda deb o‘ylayman. Haqiqatan ham  shunday yo‘l tutilsa buni to‘g‘ri deb bilaman. Chempionatni qanday davom ettirish haqidagi qarorni biz chiqarmaymiz. Buni rahbarlar hal qiladi. Bizga farqi yo‘q. Masalan, bugun ham uzoq masofa bosib Namanganga keldik.

Ha, jamoani og‘ir ahvolda qabul qilib oldim. Boz ustiga, taqvim ham biz uchun biroz noqulay edi. Restartdan so‘ng yuqori o‘rinlardagi jamoalar bilan o‘ynadik. "Paxtakor", AGMK va hokazo. Lekin, jamoam harakat qilmoqda. Og‘ir vaziyatdan chiqib olish uchun intilmoqda. Agar biz shunday bor kuchimiz bilan itilishda davom etsak tushkun holatdan chiqib keta olamiz. Transferlar oynasi vaqtida jamoamizni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni taklif qilamiz. Yaxshi futbolchilarsiz ideal murabbiy ham natija qila olmaydi.

"Navbahor"ni o‘yini haqida biror bir fikr bildirishim uchun men shu jamoani ichida bo‘lishim kerak. Bugungi o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, menimcha hakam penaltini belgilashda noto‘g‘ri qaror chiqardi deb o‘ylayman. Albatta, hakamlarni nazorat qiladigan qo‘mita bor. Meni yagona e’tirozim shu vaziyatga. Ikki futbolchini boshi bilan to‘qnashib ketishi sabab o‘yinni to‘xtatish noo‘rin. Hakam qo‘yib berishi kerak edi", — deydi Tachmurod Agamurodov.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 00:58, 14.07.2020.
O'qildi: 2544 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.