Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ikki marta hisobda oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ikki marta hisobda oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 9-turi doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qatnashdi.

"O‘ylamanki, bugun har ikki jamoa ham o‘z saviyasiga yarasha o‘yin namoyish etishdi. Ikki jamoa ham yaxshi o‘ynadi. Ikki marta hisobda oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli bo‘ldi. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuv oxirida mezbonlar ham g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi. Bu yil Qo‘qonda juda yaxshi jamoa shakllangan. O‘yinlarini kuzatganimizda shunga amin bo‘ldikki, jamoa jangovor ruhda o‘yin ko‘rsatmoqda. Aytishimiz kerakki, har ikki golda ham darvozabonlarimiz xato qilishdi. Biz bunday xatolarni kutmagan edik.

Bugun boshlang‘ich tarkibda uchta o‘zgarish qilishimizning asosiy sababi ayrim futbolchilarimizning jarohati bor edi. Qolaversa, yoshlarga imkon berishga harakat qilpyamiz. Aliqulov biroz betob edi. Rahmatullayevni o‘rniga esa Akmal Mozgovoyni tushirdik, Akmal bugun yomon o‘ynamadi va uchinchi o‘zgarish Bobur Abduxoliqov bilan bog‘liq. Bobur barcha o‘yinlarda maydonga tushib kelmoqda va unda charchoq alomatlari sezilmoqda.

Mashg‘ulotlarni salqin paytda o‘tkazish mumkin. Lekin rasmiy o‘yinlarda bunday qilib bo‘lmaydi. Yoz oyida o‘ynash oson emas. Issiqda o‘ynash futbolni tempini pasaytiradi. Ammo bu vaqtinchalik holat deb o‘ylayman. Hozir vaziyat shunaqa. Qolaversa, o‘yinlar muxlislarsiz ham bo‘lmoqda. Ammo o‘yinlarning televizor orqali jonli namoyish etilayotgani ham muxlislarga manzur bo‘lmoqda. Bugungi jangovar o‘yindan muxlislar zavq olishmoqda, deb o‘ylayman.

Yoshlarga ko‘proq imkoniyat berish kerak, deb hisoblayman. Bu ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini ortiradi.

Markazlashgan bahslar haqida shuni aytishim lozimki, vaziyat og‘irlashsa, o‘yinlarni to‘xtatib turish kerak. Lekin o‘yinlar qanday reglamentda bo‘lsa shu holatda davom ettirish tarafdoriman", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:38, 14.07.2020.
O'qildi: 5177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.