Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Dunyoning eng kuchsiz milliy terma jamoalari (top 10)

Dunyoning eng kuchsiz milliy terma jamoalari (top 10)

Baho:
+ | -1


Stadion.uz sayyoramizning eng kuchsiz milliy terma jamoalari bilan tanishtirib o‘tadi. Ushbu o‘nlikda jamoalarga o‘rin FIFA reytingi asosida taqdim etilgan.

10-o‘rin. Pokiston
FIFA reytingi: 201 o‘rinda

E’tiborlisi shundaki, Pokiston terma jamoasi 1950-yildan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushib kelmoqda, biroq aytarli yutuqlarga erishganicha yo‘q. To‘g‘ri, 1994-yilda Pokiston milliy jamoasi reytingda 142-o‘ringa qadar ko‘tarildi, biroq keyin yana keskin pasayish. Afsuski, bu jamoa Osiyo chempionatida debyut ham qilmagan. Bugungi kunda terma jamoa shtabida braziliyaliklar faoliyat olib bormoqda. Balki, tez orada o‘sish bo‘lar.

Seishel orollari
FIFA reytingi:202

Asosan dam oluvchilar uchun yaxshi tanish bo‘lgan o‘lkada ham milliy jamoa mavjud, biroq bu jamoa bilan maqtanish mumkin. Gap shundaki, Seishel orollari o‘z vaqtida ikki bor Hind okenai mintaqasi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada g‘olib chiqqan. 2002-yildan boshlab milliy jamoa JCH saralash bahslarida ishtirok etmoqda. Hozircha, hamma urunishlar omadsiz.

Tonga
FIFA reytingi:203

Bu mamlakatda asosiy sport turi Regbi sanalgani bois, futbolga bo‘lgan e’tibor u qadar katta emas. Bu sport borasida Tonga jamoasi JCHlarning doimiy ishtirokchisi, biroq futbolda ularning omadi sira kelmaydi. Tonga jamoasi o‘z vaqtida Avstraliyadan 1:22 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan va bu hozircha shaxsiy rekord bo‘lib turibdi. Eng yirik hisobdagi g‘alabani esa, jamoa Mikroneziyaga qarshi uchrashuvda (2:0) qayd etgan.

Tiyorks va Kaykos
FIFA reytingi:204

Shimoliy va markaziy Amerika mintaqasidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoa hali juda yosh. Mamlkatda 1996-yildan boshlab milliy jamoa rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushishni boshlagan bo‘lib, hozircha yirik hisobdagi mag‘lubiyatlar borasida yetakchilik qilmoqda. Kulguli tomoni shundaki, avvalari Tiyorks va Kaykos o‘z uy stadioni bo‘lmagani uchun qo‘shni davlatlarda to‘p tepar edi. Endilikda, jamoa o‘z stadioniga ega. Bu hozircha ularning eng katta yutug‘i bo‘lib turibdi.

Eriteriya
FIFA reytingi:205

Achinarlisi shundaki, Eriteriya futbolchilar mehmondagi uchrashuvlardan so‘ng ortga qaytishmaydi. Yaqindagina, Keniyaga qarshi o‘yindan so‘ng, butun jamoa mamlkatdan fuqorolik berishlarini talab qilib mehmonhonadan qochib ketdi. Bu hol deyarli 10 yildan beri kuzatiladi. Vaholanki, jamoa o‘z vaqtida FIFA reytingida 121-o‘ringa qadar ko‘tarilgan. Endilikda, Eriteriya futbol federasiyasi mehmondagi uchrashuvlarga qo‘riqchilarni jo‘natishdan boshqa chora topa olmayapti. Mamlakatdagi notinchlikdan bezib qolgan futbolchilar esa, imkon bo‘lishi bilan Eriteriyani tark etishda davom etmoqda.

Shri-Lanka
FIFA reytingi:206

Tan olish lozim, futbol bilan Shri-Lankada hech kimning ishi yo‘q. Bu yerda asosan Kriket muxlislari jamlangan. O‘z vaqtida Pokistonni 7:1 natijasida mag‘lub etgan jamoa bugungi kunda faqat omadsiz uchrashuvlar o‘tkazmoqda. O‘z vaqtida bu jamoa Gemraniya terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi. Afsuski, omma baribir kriketni futboldan ustun qo‘ydi. FIFA reytingida bu tanlov o‘z aksini topdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Amerikaning Virgin orollari
FIFA reytingi:207

KONKAKAF mintaqasiga qarashli yana bir jamoa bilan tanishing. Avvalari istalgan raqibga yirik hisobda mag‘lub bo‘luvchi jamoa bugun o‘zini ancha tutib olgan. O‘z tarixini  Angilyani 3:0 natijasida mag‘lub etib yaxshilab olgan yigitlar tepaga qarab harakat qilishda davom etmoqda.

Britaniyaning Virgin orollari
FIFA reytingi:208

O‘z vaqtida Andre Villash Boash (2000-yilda) boshqaruvida to‘p tepgan jamoa FIFA reytingida 160 o‘ringa qadar ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ladi. Aynan Boash davrida Angilya 5:0 natijasi bilan mag‘lub etiladi. To‘g‘ri, bu jamoa o‘z vaqtida 0:17 natijasi bilan bir necha bor mag‘lub bo‘lgan, biroq Britaniyaning Virgin orolari sovringa ega chiqqan. Jamoaning muzeyida Shamol orollari kubogi mavjud. Bu bunday kalibrdagi terma jamoa uchun ajoyib yutuq.

San-Marino
FIFA reytingi:209

San-Marino yaqin-yaqinga qadar dunyoning eng kuchsiz terma jamoasi deb e’tirof etilar edi. Yevropa mintaqasidagi jamoa o‘z tarixida rasmiy uchrashuvlarda faqat bir bor Estoniyaga qarshi uchrashuvda durang qayd etgan xolos. O‘rtoqlik uchrashuvlari orasida g‘alaba mavjud. Eng yirik mag‘lubiyat Germaniya terma jamoasidan qabul qilingan bo‘lib, o‘yin nemislarning 13:0 hisobidag‘I g‘alabasi bilan yakunlangan. Ayni damda, San-Marino italiyalik futbolchilarni mahaliylashtirish orqali jamoani kuchaytirish borasida ish olib bormoqda.

Angilya
FIFA reytingi:210

Va nihoyat yer sayyorasidagi eng kuchsiz terma jamoaga ham navbat keldi. Mamlakat nomini Angliya bilan adashtirib yubormang! Jamoa o‘z vaqtida kichik orollar ustidan g‘alaba qozonga va FIFA reytingida naqd 189 o‘ringa qadar ko‘tarilgan. Afsuski, so‘nggi yillarda mamlakatda futbolga bo‘lgan qiziqish keskin tushib ketdi. O‘tgan yili ularni Trinidad va Tobago jamoasi javobsiz 15 ta gol bilan siyladi. Bu hozircha eng yirik mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:47, 14.07.2020.
O'qildi: 9110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.