Daily Mail xabariga ko‘ra, "Nyukasl" bu yozda "Liverpul" yarim himoyachisi Jerdan Shakiri bilan tarkibini kuchaytirishi mumkin.
28 yoshli shveysariyalik futbolchi "qizillar" tarkibida zahirada o‘tirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" ham Shakiri bilan qiziqmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsumda shveysariyalik yarim himoyachi APLning 6 uchrashuvida, 1 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.