Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta Lionel Messi yaqin kelajakda Kataloniyani tark etishidan qo‘rqmoqda.
«Messi «Barselona» klubi foydasiga qaror qabul qilmasligidan qo‘rqaman. Hozirgi rahbariyatning harakatlari haqiqiy qo‘rquvni keltirib chiqarmoqda.
Bu «BarsaGeyt» emas, bu «BartoGeyt»! Bartomeu klub maqomini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Xavi? Uning o‘rnida bo‘lganimda qaytgan bo‘lardim», - dedi Laporta.