Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

"Manchester Siti"da kichik inqilob: kimlar ketadi, kimlar keladi?

"Manchester Siti"da kichik inqilob: kimlar ketadi, kimlar keladi?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ni kichik inqilob kutmoqda. Aftidan, APLda boy berilgan chempionlik Gvardiolaga alam qilgan ko‘rinadi. Mag‘lub bo‘lishga ko‘nika olmaydigan Pep jamoa tarkibini o‘zgartirishni istamoqda.

HIMOYACHI KERAK

O‘tgan ikki mavsumda "Siti" bir mavsumda 27 tadan ko‘p gol o‘tkazib yubormagan. Joriy mavsumda esa darvozasidan 35 turda 34 ta gol olib chiqdi. Pepning jamoasi Laport va Stounzning jarohati natijasida ancha qiynalib qoldi (ikkala futbolchi jami 42 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan). "Shaharliklar" himoyachi masalasini hal qilishga majbur.

Agent Enriko Fedelega ko‘ra, Kulibali "Manchester Siti"ga o‘tishga yaqin. Kulibali «Napoli» bilan tuzilgan shartnomasida tovon puli 150 mln yevro qilib belgilangan. Ammo moliyaviy inqiroz tufayli bu narx arzonlashishi mumkin. Transfermarkt futbolchini 56 mln yevroga baholagan.

O‘ZINIKILAR YOQADI

Gvardiola o‘z shogirdlarini yangi jamoasiga taklif qilishni yoqtiradi. 2016 yilda u Bravoni jamoasiga olib kelgan, 2013 yilda esa "Bavariya"ga Tiagoni sotib olish shartini qo‘ygandi.

Tiago Alkantara Angliyaga ko‘chib o‘tadiganga o‘xshamoqda. OAV uning "Liverpul"ga o‘tishga yaqin ekanligini yozyapti, ammo "Manchester Siti"ning qiziqishi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Muxlislar uzoq muddat Messi–Gvardiola juftligini yana bir jamoada ko‘rishni istashdi. Ammo murabbiyning o‘zi Messi faoliyatini Kataloniyada tugatishini istashini aytdi, shuning uchun ham u biror marta ham Messini xarid qilishga urinib ko‘rmadi.

KIMLAR O‘TISHI MUMKIN?

Bukmekerlar futbolchilarning "Siti"ga o‘tish koeffisiyentini chamalab ko‘rishdi.

  • Saul – 5.5;
  • Grilish – 6.0;
  • King – 7.0;
  • Upamekano – 7.0;
  • Miranchuk – 8.0;
  • Rays – 9.0;
  • Grizmann – 10.0;
  • Keyn – 15.0;
  • Koutinyo – 20.0;
  • Mbappe – 21.0;
  • Obameyang – 21.0;
  • Xaverts – 26.0;
  • Villian – 34.0;
  • Van de Bek – 34.0;
  • Beyl – 34.0;
  • Pogba – 34.0.

Jamoani Leroy Sane tark etdi. Keyingi navbat katta ehtimol bilan Gabriel Jezusga keladi. 23 yoshli futbolchi yozda "Yuventus" safini to‘ldirishi mumkin. Transfermarkt braziliyalik futbolchini 56 mln yevroga narxlagan.

Shuningdek, Rahim Sterling ham ketishi mumkin. Futbolchi va klub o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘q. Rahim ko‘p o‘ynayapti, gollar uryapti, golli uzatmalarni amalga oshiryapti (2019/20 yilgi mavsumda 27 gol va 8 assist). Lekin ispan nashrlari Sterlingga "Real" va "Barsa" qiziqayotgani haqida yozmoqda. Demakki, har narsa bo‘lishi mumkin.

Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha anig‘i shuki, Gvardiola tarkibni, katta ehtimol bilan yangilaydi. Ko‘ramiz, kimlar ketadi va kimlar keladi?

Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:02, 17.07.2020.
O'qildi: 10563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.