Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 15:00 Navbahor - Andijon
30/11 15:00 OKMK - Qizilqum
30/11 15:00 Lokomotiv - Neftchi
30/11 15:00 Bunyodkor - Paxtakor
30/11 15:00 Surxon - Olimpik
30/11 15:00 Dinamo - So‘g‘diyona
30/11 15:00 Nasaf - Metallurg
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

“Barselona”ga nima bo‘ldi?

“Barselona”ga nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Kataloniyaning “Barselona” jamoasida yuz berayotgan muammoning negizini topishga urunib ko‘radi.

1996-yilning may oyida “Barselona” jamoasi murabbiyi Yohan Kroyf va klub Prezidenti (Joan Gaspar) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar kelajak rejalari haqida suhbat qurishdi. Uchrashuvdan so‘ng, Kroyf xursand xoldan uyga ravona bo‘ldi.

Oradan ikki kun o‘tgach, gazeta muqovalarida “Barselona”ning Bobi Robson bilan muzokaralari ijobiy yakunlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu Kroyf uchun chinakam zarba bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Oradan bir kun o‘tib, klub Prezidenti Kroyf bilan uchrashdi va unga do‘stona qo‘l uzatdi. Yohan Gasparning qo‘llarini havoda muallaq qoldirgancha: “Sen Ahmoqsan!” dedi va Keyin uzoq davom etgan janjallar boshlandi. Asabiylashgan golland rahbariyatni birin ketin so‘kishni boshladi. Klub Prezidenti jaxl bilan unga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi va agar ketmasa, polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Biz bilgan “Barselona”   o‘z tarixidagi eng buyuk shaxs bilan mana shu alpozda xayrlashdi. To‘g‘rirog‘i, uni quvib yubordi. Kroyfning Kataloniya klubidagi ajoyib 8 yillik faoliyati shu tariqa yakun topdi. Oradan ancha yil o‘tdi. Muxlislar bu voqeani unutib ham yubordi, biroq ayni damdagi “Barselona” 1996-yildagi ahvolga yaqinlashib qoldi. Klub yangi asrda ilk bor nizolar o‘chog‘iga aylandi. Bugun ayni damdagi “Barselona” amalga oshirgan xatolar haqida suhbatlashamiz.

Neymarning ketishi

 

To‘g‘ri, Kataloniya klubi Neymar uchun katta summani qo‘lga kiritdi, biroq uni eng pik formasida ushlab qolish lozim edi. Bir qarashda, Neymarning o‘zi ham jamoani tark etish niyatida edi. Shu sababli, bu masalada “ko‘k-anorranglilar”ni koyish noo‘rin. Shunga qaramay, jamoa Bartameo boshchiligida amalga oshirgan eng katta xatolar aynan Neymarning ketishidan boshlangani fakt! Gap shundaki, klub hujum chizig‘ida Neymarning o‘rnini bosishi uchun uchta katta transferga qo‘l urdi.

Koutinyo – (145 million yevro) “Bavariya” undan voz kechdi. Bugungi kunda klub o‘z futbolchisiga mijoz izlash bilan ovvora.

 

Dembele – (138 million yevro) yosh va kuchga to‘lgan Dembele jarohatlari va mashg‘ulotga kech qolishi bilangina omma e’tiborini tortdi.

 

Grizman – (120 million yevro) Tan olish lozim, Antuan qolganlardan yaxshiroq o‘yin namoyish etmoqda, biroq 29 yoshli futbolchidan super progressni kutish kulguli. Endi uning o‘yinida faqat pasayish kuzatiladi xolos. Oldinga qadamdan umid qilmaslik lozim.

 

Bundan ko‘rinib turibdiki, “Barselona” Neymarni sotib yuborish orqali ishlagan 222 million yevro jamoaga qimmatga tushdi. Umumiy hisobda klub Neymarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida 403 million yevro sarf etdi.

 

Moliyaviy tavakkalchilik va uzoqni ko‘ra olmaydigan rahbariyat

 

Tan olish lozim, karantin “Barselona” iqtisodiga zarba berdi. O‘zi shundoq ham pulga muhtoj bo‘lib turgan klub yanada og‘ir vaziyatga tushib qoldi. Shu sababli jamoa o‘z futbolchilarining maoshini 70 foizga qadar pasaytirishga majbur bo‘ldi. Bunday yo‘lni birinchi bo‘lib Messi boshlab berdi. Qolganlar unga qo‘shilishdan boshqa chora topa olmadi.

Vaziyat yumshadi, biroq karantinning cho‘zilishi ahvolni og‘irlashishiga olib keldi. Keyin klub vaziyatdan chiqib ketish maqsadida kelajagi porloq futbolchini deyarli 15 millionga pulladi. To‘g‘ri, bonus tariqasida 30 yoshli Pyanich jamoaga o‘tdi, biroq bu transfer ortida kichik “o‘yin” mavjud.

Kataloniya klubi Pyanichning transferi uchun bankdan 60 million yevro kredit oldi. Endilikda, bu summa Pyanichning kontraktida ko‘rsatilgan muddatga qadar bo‘lib to‘lanadi. Aslida, qishki transfer oynasi chog‘idayoq klub ko‘plab futbolchilarining maoshini to‘lay olmagani uchun ham ijaraga berib yuborgan edi. Aynan shu omillar sababli klub menenjmenti o‘z ishini uddalay olmayapti deyishga haqlimiz.

Transferlardagi tinmsiz xatolar

 

Tan olish lozim, Bartameu davrida klub transfer bozorida chaqqon harakat qildi, biroq…

E’tibor qarating, “Barselona” yangi Prezident davrida qanday futbolchilarni harid qilgan va ular ayni damda qayerda: Arda Turan –erkin agent, Andre Gomesh – «Everton», Pako Alkaser – «Vilyarreal», Lyuka Din – «Everton», Duglas – «Beshiktash», Jerar Deulofeu – «Uotford», Djeyson Murilyo – «Selta», Boateng – «Beshiktash». Umumiy hisobda 177 million yevroni havoga uchirib yuborgan Bartameuni transferlarda omadli deb bo‘lmaydi. Bu summaga yuqoridagi uchta omadsiz transferlarni qo‘shsak, yarim milliarddan oshib ketadi.

Bu ro‘yxatdagi tez orada Martin Breytueyt ham to‘ldirishi aniq. Daniyalik futbolchi “Primero”da o‘zini ko‘rsata olmadi. YECHLda ishtirok etishga haqqi yo‘q.

Liverpul va Rim “Fojealari”

 

Bu o‘yinlar Setyendan avvalroq boy berilgan. Valverde jamoaga kelgach, yigitlarga biroz tin olish imkonini yaratgani rost. Aynan shu omil “Barselona”ning muhim uchrashuvlarda konsentrasiyani boy berishiga sabab bo‘lgan edi. Afsuski, Ernesto arator yoki motivator emas edi. Bunday vaziyatda, jamoani ruhlantirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetakchi futbolchilar zimmasiga tushadi. Afsuski, Rim va Liverpul shaharlardagi “jang”larda yetakchilar o‘zini ko‘rsata olmadi.

Valverde ketdi. Uning o‘rniga tartib-intizom ustiga jamoaviy o‘yinni quruvchi murabbiy keldi. O‘z prinsiplariga doimo sodiq qoluvchi Kikeni bo‘shashgan “Barselona” futbolchilari qabul qilishni istamayapti. Valverde o‘z shogirdlariga mashg‘ulotlar chog‘ida ham “Coca Cola” ichishiga ruhsat berar, ortiqcha bosimsiz ishlashga urunar edi. Endi esa, kuchaytirilgan rejimda mashg‘ulot o‘tkazuvchi, taktik qattiqqo‘l murabbiy?! Katta g‘alabalardan “charchagan” futbolchilarni yana mehnat qilishga majburlash oson emas. Afsuski, Setyen kelgach, ichki muhit ancha yomonlashdi. Yetakchilarning maydonda ko‘zlari “yonmayapti”. Ular maydondagi o‘z pozisiyasidan kelib chiqib vazifasini bajarmoqda. Bundan ortig‘iga hech kim urunib ham ko‘rayotgani yo‘q. Shunday ekan, barcha muammoni Setyen bilan bog‘lash noo‘rin. Agar, yetakchilar maydonda “jang” qilmas ekan klub Messi aytganidek “Napoli”dan ham o‘ta olmasligi hech gap emas.

 

Setyen ketadi, biroq kim o‘rniga keladi?

Setyenning Kataloniyaga “qo‘nishi” qisqa muddatga cho‘zilishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Tan olish lozim, Kikening sarguzashtlari ijobiy voqealarga boy bo‘ldi deb bo‘lmaydi. Shu sababli, “Barselona” allaqachon yangi murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.

Shu o‘rinda, rahbariyat amalga oshirayotgan g‘alati tanlovlarga yana bir qaytamiz. Sababi, aynan ular jamoa falsafasiga mos murabbiyni klubga olib kelishga majbur. Bu ularning asosiy vazifasi sanaladi. Achinarlisi shundaki, hali hech narsa boy berilmagan chog‘da ham klub bir nechta yaxshi variantlarga ega edi. Bu qishda rahbariyat nima bilan shug‘ullandi? Ikki bor jamoani chempionlikka (Messining hizmatlari evaziga albatta) boshlagan murabbiyni iste’foga chiqardi. Vaholanki, qishda top murabbiyni jamoaga jalb etishning iloji yo‘q edi. Qishda Xavi va Kumanlar boshqa proyektda bo‘lgani bois, ularni jalb qilishning iloji bo‘lmadi. Shu sababli, klub Setyenni tanladi va bosimdan o‘zini xalos qildi. Keyinroq murabbiyning o‘zi ham “Barselona”dan bo‘lgan qo‘ng‘iroqni kutmaganini tan oldi. Afsuski, “Barselona”ni chempion qila olgan murabbiyni muqobil tanlov bo‘lmay chetga surib tashlashdi. Bu klub menenjmenti va rahbarlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan eng katta hatolardan biri. Ho‘sh, endilikda kim klub tepasiga kelishi mumkin? “Barselona”dagi Garsiya Pimyetami? Massimiliano Allegri? “River”dagi Marselo Galyardo? Gollandiya ustozi Kumanmi yoki “As-Saad”dagi Xavimi? Agar ushbu variantlardan qay biri jamoa tepasiga kelsa ham inqiroz ko‘chasidagi “Barselona”ni o‘zgartirishiga ishonish juda mushkul.

Allegri va Kumanlar “nimadir” qilishi mumkin, lekin ulardan bu tarkib bilan trebl kutish kulguli. To‘g‘ri, Alegri va Kuman yulduzlar bilan ishlashda tajribali, biroq hech biri Gvardiolaning o‘rnini bosishga qodir emas. Shunga qaramay, Pep ayni damda “Siti”ni grandga aylantirish bilan band. Unda ajoyib jamoa va yaxshi ijrochilar mavjud. Uning ortga qaytishiga ishonish juda mushkul. Uni muxlislar yana “Barselona” zaxira o‘rindig‘ida ko‘rish orzusida bo‘lsada, vaziyat Pep uchun ayni damda juda qulay. U ajoyib imkoniyatlarga ega “Siti”ni muammolar o‘chog‘iga almashtirmasligi aniq.

Nima uchun jarohat olganlar ko‘p?

 

Yaqindagina Antuan Grizman ham jarohat oldi. Xo‘sh, nima uchun so‘nggi 10 yil ichida deyarli jarohatsiz to‘p tepgan hujumchi birdaniga safdan chiqmoqda? “Barselona”ning bugungi taqvimini inobatga olganda ham vaziyat ancha jiddiy. Diyego Simionedek qattiqqo‘l murabbiy maktabida suyagi qotgan Grizman 90 daqiqalik agressiv futbolda jarohat olmagan edi. Antuan jangari futbolni targ‘ib qiluvchi “Atletiko” safida atigi birgina(!) o‘yinni jarohat sababli o‘tkazib yuborgan xolos. U ham oyoq paylarining cho‘zilishi sababli sodir bo‘lgan. Bugun esa, Antuan ancha jiddiy jarohat bilan to‘qnash kelmoqda. Bu faktni e’tibordan qochirmaslik lozim. Endi bu mavsumda jarohat sababli o‘yinlarni o‘tkazib yuborganlar bilan tanishing: Alba (12 ta uchrashuv), Suares (17 ta uchrashuv), Dembele (46 ta uchrashuv), Umtit (14 ta uchrashuv), Matsh (2 ta uchrashuv), Langle (2 ta uchrashuv), Arturo (2 ta uchrashuv), Grizman (3 ta uchrashuv), Messi ( 5 ta uchrashuv).

Umumiy hisobda futbolchilar 141 ta o‘yinda maydonga tusha olmadi degani. Tan olish lozim, bu sport va u jarohatlarsiz bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, ayrim uchrashuvlarda klubning 3-4 ta jarohat olgan futbolchilar bilan yetib kelishi biroz g‘alati. Yuqoridagi statistik ma’lumotga e’tibor qarating. Bu omil ushbu mavsumdagi omadsiz o‘yinlarga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Nima bo‘lmoqda o‘zi?

Kataloniya klubining bugungi ahvoli juda og‘ir. Jamoa har sohada botqoqqa botib bormoqda. Ayni damdagi global o‘zgarishlar ham muammoga yechim bo‘lmaydi. Hammasini navbatma-navbat amalga oshirish darkor. Keskin qarorlar chiqarishga biroz erta. Keling, Bartameu va uning jamoasi o‘z muddatini to‘liq o‘tashsin va o‘z rejalarini mantiqiy yakuniga yetkazishsin.

Ana undan keyin, klub personal hizmatchilarini va murabbiylar shtabini almashtirish lozim. Bundan tashqari, tug‘ma yetakchilarni taklif etish va klub yaratgan falsafasiga sodiq murabbiy bilan shartnoma imzolash lozim. Umuman olgan, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Asosiysi, qayerda xato ketganini aniqlash va sovuq bosh bilan qaror chiqarish. Ana shunda, “Barselona” bu “botqoq”dan chiqib ketadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:12, 19.07.2020.
O'qildi: 10642 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.