Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«MYU»dagi pasayish nima bilan bog‘liq?

«MYU»dagi pasayish nima bilan bog‘liq?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» karantindan keyin, dastlabki 6 o‘yinda 5 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. To‘plar nisbati - 17 ga 4.

Keyingi 4 o‘yinda esa, 1 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati - 6 ga 6.

Pasayish aniq ko‘rinib turibdi va buni asosan tarkibda charchoq alomatlari bilan bog‘layapti. Buni ayniqsa, oxirgi o‘yindagi Reshford, Matich yoki Fernandeshning holatidan payqash qiyin bo‘lmadi.

Rostan ham, Sulsher rotasiya va almashtirishlarni deyarli ignor qilyapti, qatorasiga besh o‘yinni bir xil tarkib bilan boshlagan paytlar bo‘ldi. Ayniqsa, har uch kunda o‘ynaladigan (MYU 32 kunda 10 marta maydonga tushdi) taqvimda buning ta’siri sezilishi turgan gap edi.

Albatta, bu asosiy sabab, lekin bu kamchiliklarni yaxshigina maskirovka qilish mumkin bo‘lgan yana bir faktorga putur yetganini ham unutmaslik kerak. Lyuk Shouni.

Chap qanot himoyachisi "Manchester Yunayted"da himoyalanishdan ko‘ra, to‘p nazoratida ulkan ta’sirga ega bo‘lgan murvatlardan biri edi. Aynan Shouning to‘p bilan ishonchli harakatlari evaziga "MYU" to‘pni yaxshi nazorat qilayotgandi. Har o‘yinda Lyuk Shou raqib maydonida amalga oshirilgan paslar bo‘yicha jamoaning uchligiga kirayotgandi.

«Sautgempton»ga qarshi o‘yinning 75-daqiqasida Shou jarohat oldi. "MYU"ning o‘sha o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqargani dastlabki zarba bo‘lsa, keyingi o‘yinlarda umuman o‘yin kartinasi o‘zgardi.

- Shou qatnashgan o‘yinlarda "MYU" to‘pni o‘rtacha 65-68 foiz nazorat qilayotgandi. Shousiz keyingi to‘rt o‘yinda to‘p nazorati 55-58 ga tushib ketdi.

- Uning o‘rniga maydonga tushgan Fosu Mensa ham, Uilyams ham, ishonchni oqlay olishmayapti. Ayniqsa, Matich, Pogba va Fernandesh bilan bog‘lamlarda yaqqol sezilyapti.

- Shou bilan chap qanotda yaxshi tandem hosil qilgan Markus Reshfordning ham o‘yinlari chiqmayapti.

Albatta, hech qaysi murabbiy o‘z muammolarini bir futbolchining yo‘qligiga bog‘lab, intervyu bermaydi. Lekin menimcha, Lyuk Shouni hammadan ham Sulsher kutayotgan bo‘lishi ehtimol.

Aytishlaricha, "Manchester Yunayted" «Lester»ga qarshi hal qiluvchi bahsga tayyorgarlikka kirishgan va Shou ham jarohatidan tiklanib ulgurdi. So‘nggi turda biz ikki hafta oldingi jamoani ko‘rsak ajab emas.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 22:11, 23.07.2020.
O'qildi: 5634 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик