Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Belarus chempionati. Yaxshiboyev «dubl» qayd etgan o‘yinda «Shaxtyor» yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Belarus chempionati. Yaxshiboyev «dubl» qayd etgan o‘yinda «Shaxtyor» yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining 19-turi doirasida "Shaxtyor" o‘z uyida "Smolevichi" klubini qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev yangi jamoasi safida uchrashuvni ilk marta asosiy tarkibda boshladi.

Bahsning 9-daqiqasida Yaxshiboyev 15 metrlardan yo‘llagan zarba natijasida to‘p himoyachiga tegib qaytdi. To‘pni egallagan Antich o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay, kuchli zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda esa "konchilar" raqibni butunlay tor-mor keltirishdi. Bunda esa Jasurning hissasi katta bo‘ldi. Uchrashuvning 62-daqiqasida hamyurtimiz maydon markazida to‘pni egallab, ikki himoyachiga qarshi chiqib bordi va ulardan birini aldab o‘tib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda o‘ng oyoq bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 8 daqiqa o‘tib, Yaxshiboyev yana bitta gol muallifiga aylandi. Bu safar u chap qanotdan jarima maydoniga kirdi, ikki himoyachini osonlik bilan aldadi va darvozabonni dog‘da qoldi.

Hamyurtimizning gollari orasida Szoke "Shaxtyor"ning uchinchi golini raqib darvozasiga joylagan edi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Shaxtyor" o‘z ochkolarini 37taga yetkazib, BATE bilan birga peshqadamga aylandi. Yaxshiboyev esa 12ta gol bilan to‘purarlar poygasida yaqqol peshqadam bo‘lib oldi.

Belarus chempionati, 19-tur
SHAXTYOR — SMOLEVICHI — 4:0
GOLLAR: 1:0 — Antich (9). 2:0 — Yaxshiboyev (61). 3:0 — Szoke (69). 4:0 — Yaxshiboyev (70).
SHAXTYOR: Gutor (k) — Vukmanich (Burko, 75), Xadarkevich, Sachivko, Antich — Szoke, Selyava — Ivanovich (Balanovich, 46), A.Arxipov (Bodul, 46), Podstrelov — Yaxshiboyev.
SMOLEVICHI: Gomelko — Alibekov, Rodionov, Jevnerov (k), Xalimonchik — Shegrikovich (Xankevich, 77) — Gurban (Makushinskiy, 67), Makarov, Djigero, Lojkin (Aleksandrovich, 82) — Demchenko.
SOLIGORSK. 26 iyulya. Stadion "Stroitel".

Jasur Yaxshiboyevning birinchi goli:

Jasur Yaxshiboyevning ikkinchi goli:

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:55, 26.07.2020.
O'qildi: 10949 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик