Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

O‘zPFL barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar to‘xtatdi

O‘zPFL barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar to‘xtatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Karantin talablari kuchaytirilayotganidan kelib chiqib, O‘zPFL o‘z musobaqalarini tartibga solib keldi. Bunda tashkilot birinchi galda klublar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda futbolchilar salomatligi masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi. 

Birinchi galda Birinchi liga va Ayollar chempionati musobaqasi, keyinroq esa futzal chempionati noma’lum muddatga qoldirildi. Coca Cola Superliga hamda Pro liga musobaqasi esa davom ettirildi. Orada virus yuqtirib olgan futbolchilar aniqlangach, O‘zPFL har ikki musobaqani avgustga qadar to‘xtatishga qaror qildi.

Bugun — 27 iyul kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi respublikada karantin talablari 15 avgustga qadar uzaytirilganidan kelib chiqib, mana shu muddat davomida futbol uchrashuvlarini o‘tkazmaslik bo‘yicha tavsiya xatini taqdim etdi. Ya’ni, terma jamoalar uchun mas’ul tashkilot ham futbolchilar salomatligi masalasini birinchi planga olib chiqdi.

O‘z navbatida O‘zPFL ham mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bog‘liq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olib, barcha futbol musobaqalarini 15 avgustga qadar qoldirdi. Barchamiz uchun sog‘ligimiz birinchi o‘rinda. 

Musobaqaning qay tariqa tiklanishi, taqvim va format qay ko‘rinishda bo‘lishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. O‘zPFL og‘ir sharoitda barcha yurtdoshlarimizga sabr, matonat va salomatlik tilaydi.  

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:02, 27.07.2020.
O'qildi: 4244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик