Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Kevin Kostner qaysi klubga muxlislik qiladi? Silvestr Stallonechi?

Kevin Kostner qaysi klubga muxlislik qiladi? Silvestr Stallonechi?

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Stadion.uz taniqli kinoaktyorlar muxlislik qiladigan klublar bilan tanishtirib o‘tadi.

Shon Bin

O‘zining “Uzuklar hukumdori”dagi roli bilan butun dunyoga mashur bo‘lgan aktyor uzoq yillardan beri “Sheffild Yunayted” klubining ashadiy muxlisi sanaladi.

E’tiborlisi shundaki, Shon jamoani quyi ligalarda ham yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qildi. Bugungi kunda uning jamoasi APLda barchaga o‘z hukmini o‘tkazishga harakat qilmoqda.

Jud Lou



Asosan intelekti juda yuqori bo‘lgan personajlarni ekranga olib chiqishi bilan tanilgan Lou chinakam ingliz yigiti. U futbolning ashaddiy muxlisi sanaladi. Ikki bor Oskar mukofotiga da’vogarlik qilgan aktyor bir nechta juda mashhur filmlarda rol ijro etishga ulgurgan.

Qahramonimiz bolaligidan boshlab Londonning “Tottenhem” jamoasi o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikka harakat qiladi. Bundan tashqari, u Xarri Rednappning chinakam do‘sti sanaladi. Hatto unga “Tottenhem” jamoasi uy uchrashuvlarini bepul tomosha qilishga ijozat beruvchi “oltin karta” hadya qilgan.

Samuyel L. Jekson


Bu aktyorni ortiqcha ta’riflashga xojat yo‘q. U ishtirok etgan filmlarning barchasi kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholangan desak, adashmagan bo‘laman.

AQSHda istiqomat qiluvchi aktyor Britaniyada juda kam bo‘lishga qaramay, “Liverpul”ning o‘yinlarini muntazam kuzatib borishini yashirib o‘tirmaydi.

Qahramonimiz yaqindagina “Liverpul”ni o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali chempionlik bilan tabriklashga ham unutmadi.  Darhaqiqat, “Liverpul” muxlislari o‘z bazasida Samuyel L. Jekson singari aktyor borligidan faxrlanishi lozim.

Silverst Stallone


Gollivudning eng nomdor insonlaridan biri esa, Samuyelning chinakam raqibi sanaladi. Sababi, u Liverpul shahrining boshqa bir klubi – “Everton”ni qo‘llab-quvvatlashni avzal ko‘radi.

“Rokki” va “Rembo” filmlari orqali butun  dunyo e’tirofiga sazovar bo‘lgan Silvestr ilk bor “Gudison Park”ka tashrif buyurganidayoq o‘zini “Everton”ga nisbatan bee’tibor emasligini ma’lum qiladi.

“Rokki” filmining 7 qismi uchun suratga olish ishlarida ishtirok etgan Stallone o‘zi bilmagan holda “Everton” muxlisiga aylanadi. Aktyorning o‘zi so‘nggi intervyusida endilikda faqat “Everton”ga muxlislik qilishini rasman e’lon qildi.

Xavyer Bardem



Konar orollarida tavallud topgan bo‘lsada, Ispaniya kino olamining qiroli darajasiga yetgan Bardem haqida soatlab so‘zlash mumkin.

“Yo‘llanma qotil” – Anton Chigura rolini mohirlik bilan ijro etgan Xavyer deyarli barcha “el-klassiko”larni stadiondan turib tomsha qilishga odatlangan. U faqat “Real”ga qarshi o‘yinlardagina “Barselona”ni qo‘llab quvvatlaydi.

Boshqa payt “Atletiko”ning ashaddiy ishqibozi sanaladi. Uning turmush o‘rtog‘i – Pinilopa Kruz esa, aksincha Madridning boshqa klubiga (“Real”) muxlisalik qiladi.

Kevin Kostner

Birgina “Tansoqchi” filmi orqali katta mashhurlikka erishgan Kevin haqida ortiqcha so‘zlashga xojat yo‘q.

Kevin 2014-yilda “Arsenal”ning uy stadioniga tashrif buyuradi. Kino olish jarayonida ishtirok etish uchungina Londonga kelgan aktyor imkoniyatdan qulay foydalanadi va o‘sha kuni “Arsenal” va “Byornli” o‘rtasidagi o‘yinni “Emireyts”da tomosha qiladi. O‘yin yakunlangach, stadion chimini qo‘l bilan ushlagan aktyor “Arsenal”ning muxlisi ekanligini rasman e’lon qiladi.

Tom Kruz


Gollivudning eng baland gonararli aktyori sanalmush Tom Kruz ham futboldan chetda qolmagan.

Qahramonimiz bir necha yillardan beri “Real Madrid” klubining muxlisi ekanligini barchaga ko‘z-ko‘z qilib kelmoqda. Hatto 2016-yilda bo‘lib o‘tgan YECHL final uchrashuvida Tom AQSHdan Yevropaga o‘z samaliyotida uchib keldi va sevimli klubini yolg‘iz qoldirmadi.

Rassel Krou


Birgina “Gladiator” filmi bilan Kino olamida o‘ziga haykal o‘rnatgan Rassel ham futbolga befarq emas.

Rassel bo‘sh vaqti bo‘lishi bilan Rimga yo‘l olishni hush ko‘radi. Uni bir necha yillardan beri “Roma”ga muxlislik qilishi ko‘pchilikka sir emas.

Qahramonimiz “bo‘rilar”ning YECHL doriasidagi “Liverpul”ga va“Barselona”ga qarshi uchrashuvlarida barcha singari ishqibozlik qilgani aks etgan video roliklar internetda juda ko‘p.

Avstraliyalik aktyorni “Roma” jamoasi Rim shahrining shavkatini oshirgani uchun bir necha bor turli sovg‘alar bilan xursand qilgan. Ayni damda, Krou ijtimoiy tarmoqlar orqali sevimli jamoasidagi o‘zgarishlarni muhokama qilmoqda.

Tom Xenks



2019-yilning yozida “Terminal” filmi bosh qahramoni barchani hayratda qoldirdi. U o‘z intervyusida endlikda “Astov Villa”ning muxlisi ekanligini ma’lum qilgan. Tom o‘z tanlovini quyidagicha izohlaydi: “AQSHdan suratga olish ishlarini amalga oshirish uchun Londonga uchib keldim. Vaqtdagi tafovut singari kun bo‘yi uxladim va kechga yaqin o‘rinimdan turdim. Qarsam, Londonda endi kech kirgan. Nima qilishni bilmay televizorni yoqdim.  U yerdan futbol uchrashuvi bo‘layotgan ekan. Ikki jamoa to‘qnashuvi. Ularning birini eslay olmayman, biroq ikkinchi aniq “Aston Villa” edi. Jamoaning nomi mening xotiramda saqlanib qoldi. Eshitilishi juda yoqimli “Aston Villa”! Aynan shu voqeadan so‘ng, Birmingem klubining muxlisiga aylandim. Bugungi kunda jamoaning APLdagi o‘yinlarini ko‘rib borishga intilaman.”

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:21, 27.07.2020.
O'qildi: 5581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.