Diario AS portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, AQSHning "Inter Mayami " klubi xo‘jayini Devid Bekxem Turkiyaning "Galatasaray" klubi hujumchisi Radamel Falkaoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Agar "Galatasaray" Falkao borasida yaxshiroq taklif oladigan bo‘lsa, u holda kolumbiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Falkaoning o‘zi esa AQSHga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
«Inter Mayami» klubi tarkibida hozircha birorta yevropada to‘p surgan yulduz futbolchi yo‘q.