Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Jaloliddinov: "Tanqid qilganlarga o‘z o‘yinim bilan javob qaytaraman"

Jaloliddinov: "Tanqid qilganlarga o‘z o‘yinim bilan javob qaytaraman"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Moskvaning "Lokomotiv" klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzoladi. Saytimiz muxbiri Jasur bilan bog‘landi va uning "temiryo‘lchilar" safidagi ilk taassurotlari bilan qiziqdi.

– Jasur yangi jamoaga o‘tganingiz bilan tabriklayman. Ilk taassurotlar qanday?

– Rahmat. Taassurotlar ajoyib. Bunday buyuk jamoaga kelib qo‘shilish ancha yoqimli. Klubning imkoniyatlari, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar va yana ko‘plab jihatlari ancha yaxshi.

– Sizni yangi jamoada qanday kutib olishdi?

– Kutganimdan ko‘ra ancha yaxshi kutib olishdi. Bu yerda bunday narsalarga ancha boshqacha yondashishar ekan.

– Jamoa bosh murabbiyi bilan ko‘rishib, gaplashib oldingizmi?

– Ha, kelgan kunim Marko Nikolich bilan gaplashib oldik.

– Rossiya chempionatida o‘ynashingizni bilib, ertaroq rus tilini o‘rganishni boshlaganmidimiz?‌‌

– Men uzi rus tilini avvaldan yaxshi bilardim. Yoshligimdan murabbiylarim rus bo‘lgan ular bilan ruscha gaplashardik. Qolaversa, rus maktabda o‘qiganman. Til bilan muammo yo‘q.

– "Bunyodkor"dan tashqari Yevropaning birorta ikkinchi ligasiga ijaraga berishi haqida gap bor. Qaysi birini tanlar edingiz? "Bunyodkor" yoki ikkinchi liga?

– Bilmadim. Bu haqda meni xabarim yo‘q. Hech kim meni bu to‘g‘risida ogohlantirmadi. Men faqat "Lokomotiv"da qolish haqida o‘ylayapman.

– Rus matbuotida bazi jurnalistlar sizning "Loko"ga transferingizni qoraladi. Bu sizga qanday ta’sir qiladi?

– To‘g‘risini aytsam, bunday narsalarga e’tibor ham bermayman. Hammasiga o‘z o‘yinim bilan javob qaytaraman.

– Sizga "Lokomotiv"dan tashqari boshqa klublardan ham takliflar bormidi?

– Ko‘plab jamoalardan taklfilar bor edi. Lekin aniq taklif "Loko"dan tashqari "Beshiktosh"dan bo‘ldi. Men "Lokomotiv"ni tanladim. "Temiryo‘lchilar"ning takliflari qiziq tuyuldi.

– Sizni shu darajaga chiqishingizga sababchi bo‘lgan "Bunyodkor" rahbariyati va muxlislariga tilaklaringiz.

– "Bunyodkor"ga omad tilayman. Agar bu jamoa bo‘lmaganida men bu darajaga chiqolmagan bo‘lardim. Doim bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat, sizlar eng zo‘risizlar. "Bunyodkor" doim yuragimda qoladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:12, 02.08.2020.
O'qildi: 6085 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик