Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

Superliga vakillari Ig G va PZR testlarini topshiradi

Superliga vakillari Ig G va PZR testlarini topshiradi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishini ta’minlash, COVID-19 pandemiyasi davrida futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar sog‘lig‘i holatini nazorat qilish uchun malakali shifokorlardan iborat Komissiya tashkil etdi.

Komissiya a’zolari Coca Cola Superliga klublari shifokorlari bilan onlayn videomuloqot o‘tkazib, karantinda davridagi barcha zarur tadbirlarni batafsil tushuntirdi. Bunda futbol uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha O‘zPFL tomonidan ishlab chiqilgan maxsus Reglamentga to‘la rioya etish birlamchi vazifa hisoblanadi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, chempionat va mashg‘ulotlar to‘laqonli davom ettirilishi uchun klublar tomonidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilandi:

Ig G’ni aniqlash bo‘yicha test topshirgan klublar:

1) Komissiyasiga o‘sha test javoblarini taqdim etadi;

2) Test natijasi musbat chiqqan futbolchilar Toshkentda markazlashtirilgan funksional holatni aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tadi;

3) Ig G natijasi manfiy chiqqan futbolchilar va klubning boshqa vakillari qo‘shimcha PZR testini topshiradi.

Ig G’ni aniqlash bo‘yicha test topshirmagan klublar:

1) Jamoaning markazlashtirilgan o‘yinlarga tashrif buyuradigan futbolchi, murabbiy hamda xodimlarini Ig G’ni aniqlash bo‘yicha testdan o‘tkazadi;

2) Test natijalari musbat chiqqan futbolchilar Toshkentda funksional holatni aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan o‘tadi;

3) Ig G natijasi manfiy chiqqan qolgan barcha vakillar qo‘shimcha PZR testini topshirishadi.

O‘zPFL Komissiyasi har bir futbolchining holatidan kelib chiqib, ularning keyingi harakatlarini belgilab beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:01, 07.08.2020.
O'qildi: 2467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик