Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

MDHning eng qimmat klublari orasida “Paxtakor” nechanchi o‘rinda? (Rus va ukrain klublarisiz tuzilgan ro‘yxat)

MDHning eng qimmat klublari orasida “Paxtakor” nechanchi o‘rinda? (Rus va ukrain klublarisiz tuzilgan ro‘yxat)

Baho:
+ | -1

Rossiyaning “Sportclub” nashri Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi klublari tarkibining umimiy qiymatidan kelib chiqib ro‘yxat tuzib chiqdi. O‘z-o‘zidan Rus va Ukraina klublari yuqori o‘rinlarni egalladi. Agar ularni bir chetga surib tashlagan holda ro‘yxatga qarasangiz, siz kutmagan manzara gavdalanadi. Xo‘sh, ayni damda Sobiq ittifoq davlatlari orasida (Rossiya va Ukraina klublari inobatga olinmaganda) eng qimmat klub qaysi davlatga tegishli?

5-o‘rin. “Dinamo Tbilisi”

O‘z vaqtida “Kubok egalari Kubogi”da zafar quchgan tarixiy klub kuchli beshlikni ochib beradi. Bundan tashqari, Moldoviyaning “Sherif” (7,68 million yevro) va Latviyaning “Riga” (7,53 million yevro) klublari ham kuchli beshlikka kirishga haqli edi.

Gruziya gegemoni – “Dinamo Tbilisi” (7,9 million yevro) ularni kichik farq bilan ortda qoldirdi. So‘nggi paytlarda, ushbu klub hatto Yevropa Ligasi musobaqasida ham ishtirok eta olmayapti. Mahaliy futbolchilar birinchi imkon bo‘lishi bilan Rossiya chempionatida o‘zini sinab ko‘rishga intilmoqda. Shu sababli, jamoaning ayni damdagi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi.

4-o‘rin. BATE

E’tiborlisi shundaki, BATE qariyb 10 yil davomida ilk bor ro‘yxatdagi o‘rnini keskin yo‘qotdi. Yaqin-yaqingacha rus va ukrain klublaridan keyingi o‘rinni hech kimga bermay kelayotgan jamoa ichki birinchilikda chempionlikni ham boy berib qo‘ydi. YECHLda tez-tez ko‘rinish beruvchi klubni bugungi kundagi umumiy qiymati 10, 7 million yevroni tashkil etmoqda. Shuningdek, Belorussiyaning “Shaxtyor” (9,9 million yevro) va “Dinamo Brest” (9,3 million yevro) klublari ham o‘z tarkibining umumiy qiymati bilan maqtana oladi.

3-o‘rin. “Paxtakor”

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi AFK zonasida harakat qiluvchi klub sanaladi. Shu sababli, bu jamoaning o‘yinchilari va imkoniyatlari bizga biroz qorong‘u. Shunday bo‘lsada, “Paxtakor” Qozog‘iston klublaridan farqli o‘laroq qimmatbaho legionerlarga suyanmaslikka harakat qiladi. Jamoaning o‘zagini mahaliy futbolchilar tashkil etadi. O‘zbekistonning eng mashhur klubi tarkibidagi futbolchilarning umimiy qiymati 11,9 million yevroga teng. Osiyo qit’asida harakat qiluvchi jamoa uchun ajoyib ko‘rsatgich. Toshkent klubi hali transferlarga qo‘l urganicha yo‘q. Agar yana biror bir nomdor futbolchini sotib olsa, bugungi ro‘yxatimizda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin. Sababi, oldindagi klub bilan o‘rtadagi farq katta emas.

2-o‘rin. “Karabax Agdam”

Yaqindagina Azerbayjon chempionatini Essyen tark etdi. Mahaliy “Neftchi” klubi esa, Yevropa Ligasida shov-shuv ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi va Rossiyaning “Arsenal” (7,6 million yevro) jamoasini musobaqa saralashida ortiqcha muammosiz yo‘ldan olib tashladi.

Azebayjonning eng badavlat klubi “Karabx” tarkibi 12,1 millionga baholanmoqda. Ayni damda, “Karabah” transfer olamida yangi ijrochilar qidirishda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klub tez orada yangi legionerlarni jamoaga jalb etadi.

1-o‘rin. “Astana”, “Qayrat”

Bugungi kunda Qozog‘istonda bir yo‘lla ikkita super klub mavjud. MDH davlatlariga yaxshi tanish bo‘lgan “Qayrat” klubi (19,9 million yevro) negadir so‘nggi paytlarda poytaxtning “Astana” jamoasidan har jabhada ortda qolmoqda. Allaqachon katta musobaqalarda ishtirok etgan klub yozda o‘z tarkibini yanada kuchaytirishi aniq. Bugungi kunda klub tarkibi 20,7 millionga baholanmoqda. Bu Rossiyaning o‘rtamiyona klublarinidan biroz yaxshiroq ko‘rsatgich. Qozog‘iston chempionatida suyagi qotgan Despovich va Zaynuddinovlar o‘zini RPLda chakki namoyish etmayotganini inobatga olsak, ushbu yurt klublarini RPLga qo‘shib olish haqida bosh qotirish mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:06, 09.08.2020.
O'qildi: 13313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик