Ispaniyaning «Sevilya» Yevropa Ligasi 1/4 finalida «Vulverhempton»ni (1:0) mag‘lub etdi.
Gracenote Live'ning yozishicha, Xulen Lopotegi jamoasining barcha turnirlar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 19ta o‘yinga yetdi. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natijadir.
«Sevilya» so‘nggi bor 9 fevral kuni La Liga 23-turida «Selta»ga (1:2) imkoniyatni boy bergan.