Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL. «Barselona» - «Bavariya». Usmon Dembele qaydnomaga kiritildi

YECHL. «Barselona» - «Bavariya». Usmon Dembele qaydnomaga kiritildi

Baho:
+ | -

«Barselona» Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Bavariya» bilan to‘qnash keladi. "Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Kike Setyen ertaga bo‘ladigan o‘yin uchun 26 nafar futbolchini qaydnomaga kiritdi.

"Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan Serxio Buskets, Usmon Dembele, Arturo Vidal va Martin Breytueyt bu safar tarkibga qaytishdi. Artur, Samuel Umtiti va Todibo kengaytirilgan tarkibdan o‘rin olishmadi.

«Barselona»ning «Bavariya»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan ro‘yxati:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya

Himoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Xordi Alba, Serji Roberto, Xunior Firpo, Ronald Arauxo, Monchu, Oskar Mingesa, Lyudovit Reys

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Riki Puch, Konrad de la Fuente, Alexandro Orelyana

Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Usmon Dembele, Antuan Grizmann, Martin Breytueyt, Ansu Fati.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» - «Bavariya» uchrashuvi 14 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:12, 12.08.2020.
O'qildi: 5466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик