Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. 90 va 90+3-daqiqalardagi gollar «PSJ»ni yarim finalga olib chiqdi!

YECHL. 90 va 90+3-daqiqalardagi gollar «PSJ»ni yarim finalga olib chiqdi!

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki o‘yin yakuniga yetdi. «PSJ» va «Atalanta» klublari o‘rtasidagi o‘yinda yaqqol peshqadamni ko‘rsatish qiyin edi. Uchrashuv mana shu qarash to‘g‘ri ekanini ko‘rsatib berdi.

Butun bahs davomida jamoalar tengma-teng o‘yin namoyish etib berishdi. Birinchi bo‘limda Neymar gol urish uchun 3ta imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo braziliyalik futbolchi so‘nggi zarbani berishda aniq harakat qila olmadi. Aksincha, 26-daqiqada italiyaliklarning hujumini Mario Pashalich samarali yakunlab, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqada Kilian Mbappe maydonga tushirilgach, parijliklar o‘yinida o‘zgarish yuz bera boshladi. Shunga qaramay, o‘yin "Atalanta"ning g‘alabasi bilan yakunlanadigandek ko‘rina boshladi. Ammo aynan 90-daqiqada jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Neymar qabul qildi va darvoza oldidagi Markinyosga uzatdi. Braziliyalik futbolchi yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Neymar-Mbappe-SHupo-Moting kombinasiyasidan keyin "PSJ" g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa, "Pari Sen-Jermen" so‘nggi daqiqalarda 2ta gol urib, kambekni amalga oshirdi hamda yarim finalga yo‘l oldi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final
Atalanta Italiya – PSJ Fransiya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 26 Pashalich, 1:1 – 90 Markinyos, 1:2 – 90 Shupo-Moting.
Atalanta – Sportyello, Gozens (Kastan, 82), Toloi, Kaldara, Xatebur, Gomes (Malinovskiy, 59), de Ron, Pashalich (Muriel, 70), Froyler, Gimshiti (Palomino, 60), Sapata (Da Riva, 82).
PSJ – Navas (Riko, 79), Kerer, Markinyos, Tiago Silva, Bernat, Guye (Paredes, 72), Errera (Draksler, 72), Sarabiya (Mbappe, 60), Kimpembe, Neymar, Ikardi (Shupo-Moting, 79).
Ogohlantirishlar: Gimshiti (37), Froyler (45), de Ron (50), Sapata (53), Bernat (54), Errera (57), Toloi (67), Paredes (75), Palomino (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:09, 13.08.2020.
O'qildi: 6469 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.