Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

«Manchester Siti» Gvardiolani iste’foga chiqarmaydi

«Manchester Siti» Gvardiolani iste’foga chiqarmaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi 2019/2020 yilgi mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiolani iste’foga chiqarmoqchi emas.

"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko‘ra, «Siti» rahbariyati 49 yoshli mutaxassisga ishonch bildirishda davom etadi.

Bundan tashqari, klub Gvardiola bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.  Mutaxassisning mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakuniga yetadi.

«Manchester Siti» bir nechta xaridlarni amalga oshirib, jamoa tarkibini kuchaytirmoqchi. Klubni esa ba’zi futbolchilar tark etishadi.

Gvardiola 2016 yildan buyon «Siti»ni boshqarib kelmoqda. U jamoa bilan ikki marta APL, bir marta Angliya kubogi va uch marta Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 16:55, 17.08.2020.
O'qildi: 4014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.