Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

YECHL. «Bavariya» yarim finalda «Lion»ni to‘xtatdi va finalga chiqdi

YECHL. «Bavariya» yarim finalda «Lion»ni to‘xtatdi va finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Yarim final bosqichiga qadar "Yuventus" va "Manchester Siti" klublarini musobaqadan chiqarib yuborgan "Lion", yarim finalda "Bavariya"ga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etib berdi. Jamoa hattoki g‘alaba qozonishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalana olmaslik fransiyaliklarga pand berdi.

"Lion" o‘yin boshida gol urish naq 3ta vaziyatga ega bo‘ldi. Bahsning 4-daqiqasida Depay darvozabon yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, Noyerni ham aldadi, ammo bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Goreska "Bavariya"ni goldan qutqargan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib Ekambi 4-5 metr masofadan darvoza ustunini nishonga oldi.

Bahsning 18-daqiqasida esa myunxenliklar hisobni ochishdi. Serj Gnabri jarima maydoni atrofida 2 himoyachini aldab o‘tdi va 16 metrdan chap oyoqda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!

"Bavariya" birinchi bo‘limning o‘zida hisobdagi farqni 2taga oshirdi. Aslida qanotdan yetkazilgan uzatmani Levandovski 3-4 metrdan darvozaga joylashi kerak edi. Ammo zarba kuchsizroq chiqqani uchun Lopesh qaytardi. Qaytgan to‘pni Gnabri yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Perishich va Ekambining zarbalarini darvozabonlar qaytarib qolishdi. O‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganida esa o‘ng qanotda belgilangan jarimadan yetkazilgan uzatmaga Robert Levandovski bosh bilan zarba berib, darvozani zabt etdi — 0:3.

Shu tariqa, "Bavariya" Yevropa chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Myunxenliklar finalida "PSJ" bilan to‘qnash kelishadi. Final 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

YECHL, yarim final
Lion Fransiya – Bavariya Germaniya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18 Gnabri, 0:2 – 33 Gnabri, 0:3 – 88 Levandovski.
Lion – Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutinyo, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42), Tiago Mendes (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:53, 20.08.2020.
O'qildi: 4898 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.