La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain jamoadan ketmoqchi emas.
So‘nggi paytlarda Turin klubi hujumchini transferga qo‘yishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo futbolchining o‘zi shartnoma muddati yakuniga qadar jamoani tark etmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, hujumchining amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakuniga yetadi.