Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ro‘ziqul Berdiyev: “«Paxtakor» bizdan kuchli ekanini o‘yinda ham, hisobda ham ko‘rsatdi”

Ro‘ziqul Berdiyev: “«Paxtakor» bizdan kuchli ekanini o‘yinda ham, hisobda ham ko‘rsatdi”

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasining 11-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Nasaf» uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Paxtakor» bizdan kuchli ekanini o‘yinda ham, hisobda ham ko‘rsatdi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. «Paxtakor»da jamoaviy o‘yin ham, individual harakatlar ham yuqori va ular buni amalda ham ko‘rsata olishdi. Ikkinchi goldan keyin biz navbatdagi o‘yinni o‘ylab o‘zgarishlarni amalga oshirdik.

Hozir o‘yinlar orasidagi vaqt qisqa, «Paxtakor» ga qarshi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotishni istamagandik. O‘zgarishlar qilinganidan keyin o‘yinimiz mazmuni yo‘qoldi. Oldinlari «Paxtakor» ga qarshi bahsda borimizni berardik va keyingi o‘yinni o‘ylamasdik. Ammo hozir vaziyat boshqacha. Uch kun oldin o‘ynadik, yana uch kundan keyin «Bunyodkor» ga qarshi maydonga tushamiz.

Abduraimovni qaytarish rejamizda yo‘q edi, Murtozayev borasida «Mash’al»ga taklif bilan chiqdik. Ammo Muborak klubi uning transferini sotib olish uchun bizdan 2 milliard so‘m so‘rashdi. Humoyunni BAA klubidan ham taklif borligini aytishgandi. Hozirgi vaziyatda bu summani to‘lay olmaymiz va tarkibimizda bor futbolchilarga tayanamiz”, — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: Насаф матбуот хизмати
Kiritildi: 23:54, 21.08.2020.
O'qildi: 3024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.