Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Dilyaver Vaniyev: «Mash’al» futbolchilari men uchun eng kuchli»

Dilyaver Vaniyev: «Mash’al» futbolchilari men uchun eng kuchli»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Mash’al" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bizda ham, ularda ham vaziyatlar bo‘ldi. O‘ylashimcha, bugun biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. "Navbahor" tomonidan bosim bo‘ldi, hujumlar bo‘ldi, ammo yaqqol vaziyat ko‘zga tashlanmadi. Birinchi taymda ikkita gol urishimiz kerak edi. Bugungi bahsni unutamiz va 4 kundan so‘ng navbatdagi o‘yinimiz bor.

"Navbahor" tarkib bo‘yicha bizdan kuchliroq? Kim shunday deb hisoblaydi? Mutaxassislar? Ular nima deb o‘ylashsa o‘ylayverishsin, men uchun "Mash’al" futbolchilari eng kuchli. "Navbahor"ni yerga urmayman, bu jamoa safida malakali futbolchilar ko‘p, terma jamoa a’zolari ham bor. Ammo o‘z futbolchilarimni kuchliroq deb bilaman.

"Navbahor"ning "Surxon"ga qarshi o‘yinni ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Bugun tarkibda ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘ng qanotda Hoshimov o‘ynamadi, o‘tgan o‘yinda ikki hujumchi o‘ynashgandi. Taktik va amaliy ko‘rsatmalarimni yigitlar to‘liq bajarishdi.

Hisobda oldinga chiqib olganimizda yigitlardan to‘liq himoyaga o‘tib olmasliklarini so‘radim. Balki bunga "Navbahor" bizni majbur qilgandir. Tarkibimizga ikki ijaradagi futbolchi qaytdi. Ular jamoaga yordam berishmoqda", — dedi Dilyaver Vaniyev.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:19, 22.08.2020.
O'qildi: 2459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.