Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Bavariya» — rekordlar «mashinasi»

«Bavariya» — rekordlar «mashinasi»

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Bavariya” jamoasi va uning futbolchilari bu mavsumda nimalarni amalga oshirgani borasida fikr almashadi.

Robert Levandovski — 46 ta o‘yin, 64 ta gol

Kataloniya klubiga qarshi o‘yinda polyak himoyachilarni chalg‘itish borasida chinakam master-klass namoyish etdi. Agar bu yil ham “Oltin to‘p” sovrini berilganida, Infantino vaziyatni ko‘rgach, bosh qotirishi turgan gap edi. 31 yoshli hujumchi faoliyati davomidagi eng zo‘r mavsumni o‘tkazmoqda. Uning YECHLdagi ko‘rsatgichlari — 15 ta gol va 5 ta assist. Bu natijani yaxshilab olish uchun esa oldinda yana bitta 90 daqiqa mavjud.

Alfonso Devis – 36,51 km

Aslida, tezkor futbolchilarning o‘rtacha tezligi soatiga 34 km tashkil etadi, ammo Alfonso uchun bu kamlik qiladi. “Bavariya”ning bu mavsumdagi kashfiyotiga aylangan kanadalik futbolchi Kanadaga Liberiyadan kelgan muhojirlar oilasida tavvalud topgan. E’tiborlisi shundaki, “Bavariya” uning transferi uchun katta pul to‘lamadi, biroq super ijrochini qo‘lga kiritdi. Luka Ernandes uchun 80 million yevro sarf etilganida, 19 yoshli Alfonso uni soyada qoldirishi kimning xayoliga kelgandi?

Uning o‘yinlarini ko‘rgan sayyoramizning eng kuchli fulbeklaridan biri Marselo («Real Madrid» futbolchisi)  ham jim tura olmadi:  “Sening o‘yinlaring menga quvonch bag‘ishlamoqda”

Tomas Myuller – 26 ta assist

Tomas bu mavsumda Bundesliganing assistlar soni bo‘yicha rekordini yangiladi. Kevin De Bryuyne tomonidan o‘rnatilgan plankani zabt etdi. Germaniya terma jamoasi safida JCH g‘olibiga aylangan Myullerning o‘yinida o‘sish Flik jamoaga kelgach namoyon bo‘ldi. Gvardiola va Kovachlar uddalay olmagan ishni Xans-Ditter qisqa muddatda epladi va Myullerni yana asosiy tarkibga qaytardi.

Tomas o‘yinni va maydonni yaxshi his etadi. Shu bois mavsum davomida 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol+26 ta assistni yozdirib qo‘ydi. Agar LevanGOLski (qariya Tomas jamoadoshini shunday chaqiradi) bo‘lmaganida, “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar Myuller bo‘lishi aniq edi.

Manuel Noyer – 74,8 zarbani bartaraf etdi

Ayni damda “FK Gollivud” tarkibida 8 ta JCH g‘olibi harakat qilmoqda. Ulardan 3 tasi nemis futbolchisi bo‘lsa, yana 4 tasi Fransiya terma jamoasi a’zolari. Ispaniyadan Xavi Martines bu ro‘yxatni yakunlab beradi. E’tiborlisi shundaki, bugungi kunda ushbu ro‘yxatdagilar ichida Noyer barchadan ko‘proq naf keltirmoqda. Noyer biroz injiq bo‘lishi mumkin, lekin u maydonda o‘z darajasini namoyish etishdan to‘xtamayapti.

Bu mavsumda jamoa bilan o‘z shartlari asosida shartnoma tuzgan (2023 yilga qadar) Manuel ajoyib sport formasini ushlab turibdi. Bundesligada darvoza sari yo‘llangan zarbalarning 74 foizini bartaraf etgan kipper Keylordan bu borada biroz ortda, biroq finaldagi ajoyib o‘yin barchasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Kimmix, Tyago, Alaba – 10 foiz brak

Bu futbolchilarning maydondagi vazifasi turlicha. Flik Alabaning yetakchiligidan foydalanish uchun uni markazga ko‘chirdi. Boateng bilan tandemda u xatolarning kamayishini ta’minlab bermoqda. Shu bilan birgalikda Kimmixning o‘yinlarini alohida qayd etmaslikning iloji yo‘q. Yosh bo‘lishiga qaramay, qahramonimiz jamoaning chinakam yetakchisiga aylanib bo‘ldi.   Har bir o‘yinda o‘rtacha 2,3 ta xavfli vaziyat sodir etayotgan futbolchi uchrashuv davomida 77 tadan kam aniq uzatma bermaydi.

Bu esa “Bavariya”ning intensiv futbol namoyish etishini ta’minlashda muhim omil. Shu o‘rinda, Tyago Alkantarani ham unutmaslik lozim. Ispan Bundesligadan charchagani uchun ham jamodan ketmoqchi. Uning yarim himoyadagi kreativ harakatlari hujumdagi rang-baranglikni ta’minlamoqda.

Gnabri – 40 ta gol+pass

“Lion”ga qarshi uchrashuv oldidan, “Bavariya”ga oson bo‘lmasligi aniq edi. Rudi Garsiya raqibning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholagan holda, ideal himoyani tashkil etdi. Biroq Gnabri katta sahanaga chiqdi. E’tiborlisi shundaki, Gnabri o‘zining YECHLdagi (bu mavsumda) gollari sonini 9 taga yetkazib oldi. Undan faqat Xoland va Levandovskigina oldinda.
Flik — ketma-ket 20 ta o‘yinda (barcha musobaqalarda) g‘alaba

E’tiborlisi shundaki, Flik qo‘l ostida “Bavariya” 20 ta o‘yindan beri ketma-ket g‘alabalarga erishib kelmoqda. Bu seriya ichida “Borussiya Dortmund”, “Barselona”, “Chelsi”, “Lion” singari kuchli klublar mavjud. Flikning jamoasi ketma-ket o‘yinlarda yirik hisob qayd etmoqda.  Murabbiy o‘z shogirdlarining formasini tiklab olishiga imkon beribgina qolmay, rotasiyadan ham unumli foydalanmoqda. Umuman olganda, bu mavsumdagi “Bavariya”ning super o‘yinlari ortida Xans-Diter Flikning mehnatlari yotibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:59, 23.08.2020.
O'qildi: 4818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.