Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

«Bleacher Report» «Oltin to‘p»ni qaytarish bo‘yicha petisiya tashkil qildi

«Bleacher Report» «Oltin to‘p»ni qaytarish bo‘yicha petisiya tashkil qildi

Baho:
+ | -

AQSHning "Bleacher Report" nashri jurnalistlari change.org sayti orqali "France Football" jurnalidan 2020 yilgi "Oltin to‘p" sovrini uchun tanlovni o‘tkazishni so‘rab petisiya (jamoaviy iltimosnoma) tashkil etishdi.

Eslatib o‘tamiz, "France Football" iyul oyida bayonot tarqatib, 2020 yilda "Oltin to‘p" sovrini hech kimga topshirilmasligini ma’lum qilgan edi. Buning sababi sifatida nashr pandemiya sharoitida barcha bir xil sharoitga ega bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.

«2020 yil barcha uchun og‘ir bo‘ldi. Ammo bunday sharoitda "France Football" sovrinni topshirmaslikka qaror qilganini tushunish qiyin. Mavsum qayta boshlanganidan keyin top-futbolchilar o‘z o‘yinlari orqali muxlislarni xursand qilishdi. Chiro Immobile (»Lasio") «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi. «Liverpul»ning aqlbovar futbolchilari Mane, Saloh, Aleksandr-Arnold va Virjil van Deyk 30 yil ichida ilk marta APLda g‘olib chiqishdi. Messi va Ronaldu esa o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Va albatta, «Bavariya» Robert Levandovskining gollari evaziga o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozondi.

Bu o‘yinchilar qiyin pallada insonlarga xursandchilik ulashishdi. Shuning uchun 2020 yilda «Oltin to‘p» sovrinini eng yaxshi o‘yinchiga topshirishingizni so‘raymiz", — deyiladi petisiyada.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:29, 24.08.2020.
O'qildi: 6567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.