Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Tuxel va Flik finaldan so‘ng nimalar dedi?

Tuxel va Flik finaldan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Tunda bo‘lib o‘tgan “Bavariya” va PSJ (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, jamoa murabbiylari o‘yin haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tomas Tuxel (PSJ bosh murabbiyi):

Afsuski, bugungi uchrashuvda biz borimizni berdik. Yuz foiz kuch bilan harakat qildik va maydonda yurak bilan to‘p tepdik. Final bo‘lgani uchun ham ikki hissa harakat qildik, biroq biroz omad bizdan yuz o‘girdi.

Biz o‘yinni boshqarishimiz mumkin, ammo hisobni boshqara olmaymiz. Ancha avvalroq birinchi gol hal etuvchi bo‘lishini taxmin qilgan edim. O‘ylaganimdek bo‘ldi. Yagona gol ikki qudratli klub o‘rtasidagi uchrashuvda hal qiluvchi rolni ijro etdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu mavsum bilan faxrlansak arziydi. Sababi, murabbiy sifatida o‘z shogirdlarim bilan bosib o‘tgan yo‘limdan ko‘nglim to‘ldi. Men finaldagi natijadan xafaman, biroq tushkunlikka tushib qolganim yo‘q.

Afsuski, bizga birinchi gol yetishmay qoldi. Imkoniyatlar yaratdik, biroq gol kirita olmadik. Ishonasizmi, agar birinchi golni biz kiritganimizda, uchrashuv bizning g‘alabamiz bilan yakunlanar edi. Har doim ham Neymar va Mpabbe gol kiritishni uddalay olmaydi. Bugun bizga ularning gollari yetishmadi.

Xans-Diter Flik (“Bavariya” bosh murabbiyi):

Bu juda tezkor va voqealarga boy uchrashuv sifatida tarixga kiradigan o‘yin bo‘ldi. Imkoniyatlar ikki jamoada ham bo‘ldi, biroq bizning darvozamizda dunyoning eng kuchli kipperi bor ekanligi jamoaga qo‘l keldi. Aynan Noyer bir nechta vaziyatlarda bizni qo‘llab yubordi.  

Ochig‘i PSJga qarshi “Bavariya”ning qanday himoyalanishi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan edi. Biz bugun dunyoning eng kuchli hujumchilariga qarshi juda yaxshi himoyalandik. Mudofaa vaziyatga to‘g‘ri yondashdi va 90 daqiqa davomida bexato harakat qildi.

Balki,bu mavsum Komanning o‘sishi uchun turtki bo‘lar. Sababi, u Robben va Riberilarning soyasidan chiqib o‘zini ko‘rsatishni boshladi. U juda iqtidorli yigit. Bugun uning goli finalni hal etdi.

Ander Errera ( PSJ futbolchisi):

Biz bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bizda g‘alabani qo‘lga kiritish uchun 5-6 ta vaziyat paydo bo‘ldi. “Bavariya”da esa, bunday imkoniyatlar atigi 2-3 ta bo‘ldi holos. Muxlislarimizning kayfiyati buzildi. Bizga ayni damda juda og‘ir.

Biz 4 ta sovrin yutdik va YECHL finalida mag‘lub bo‘ldik. O‘ylashimcha, PSJ mag‘lubiyatga loyiq emas edi.

Hozir hammamizga qiyin. Bugun tunda uyuqug aketish mushkul bo‘ladi, lekin ertadan hammasini boshidan boshlash lozim. Jamoadoshlarim bilan birgalikda klub tarixida muhim ishni amalga oshirganimiz bilan faxrlanaman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:24, 24.08.2020.
O'qildi: 4951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.