Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 13-tur doirasidagi “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "shunqorlar" ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- “Navbahor” men o‘zim ishlagan jamoa. Men faoliyat yuritgan jamoalar ichida men eng hurmat qiladigan jamoadir. Namanganlik muxlislar g‘alabani xursandchilik bilan qabul qilishadi. Mag‘lubiyatdan keyin esa qattiq xafa bo‘lishadi. Bugun “Navbahor” juda qimmatli oltinga teng ochkolarni yo‘qotdi deb o‘ylayman. Jamoa Osiyo Chempionlar ligasiga chiqish uchun harakat qilmoqda. Umid qilamanki, namanganliklar yana g‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilishadi.

- “Navbahor” ko‘p o‘yinlarda ikkinchi raqamda maydonga tushayotgandi. Shuning uchun biz ham boshida ochiq futbol namoyish etmaslika harakat qildik. Bu g‘alabadan juda xursandman. Bu prinsipial o‘yin edi. Bugun barcha yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu yigitlarning barchasi O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashga munosib deb o‘ylayman. Bunday futbolchilar bilan faxrlanaman.

- Oldinda ikkita o‘zgarish qilishni rejalashtirgandik. Bu o‘zgarishlar ikkita o‘yindirki o‘zini oqlayapti. O‘yindan oldin Murod Xolmuhammedovni asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi edik. Ammo u bilan gaplashgach, tavakkal qilishni istamadik. Uning tajribasi hali bizga ko‘p kerak bo‘ladi.

- Boshida o‘z maydonimizda o‘ynashni istgandik. Ammo markazlashgan holda o‘ynashga kelishib olingandi. Shu bois yigitlarga bor kuchlari bilan o‘ynash kerakligini aytgandim. Markazlashgan chempionat bizga omad keltirmoqda. Bundan tashqari, yigitlarning tinimsiz mehnatlarining natijasidir.

- Asosiy vazifa jamoamizni autsayderlar qatoridan olib chiqish edi. Raqobatbardosh jamoa tuzib, muxlislar mehrini qozonish edi. Ammo hozirgi holatda maqsadimiz yanada yuqori o‘yinlarni egallash. Yigitlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi bizga shunday maqsad qo‘yishimizga zamin yaratmoqda. “Navbahor”ga keyingi bahslarda omad tilayman.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 22:55, 28.08.2020.
O'qildi: 1784 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.