Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mirjalol Qosimov: «Kichik tarix yaratildi, lekin hali oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalaganimiz yo‘q»

Mirjalol Qosimov: «Kichik tarix yaratildi, lekin hali oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalaganimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov birinchi davraning oxirgi o‘yini - "Buxoro" (2:2) bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uzoq davom etgan birinchi davra nihoyat tugadi. Bugun shiddatli, qiziqarli va jangovor o‘yin bo‘ldi. Futbol shunisi bilan qiziq. Jamoamiz birinchi bo‘limdayoq barchasini hal qilish kerak edi. Hisobda oldinda borayotganimizda gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi, Mateni o‘zida ikki martta golli vaziyat yuzaga keldi. Ikkinchi bo‘limda darvozamizga kirgan ikkita to‘pni biri ajoyib chiqdi, ikkinchisi rekoshetdan urildi. "Buxoro" jamoasiga qoyil qolish kerak, oxirgi o‘yinga chiqqandek harakatlanishdi. Ularni turnir jadvalida egallab turgan o‘rni ham shunday o‘ynashga majbur qildi. O‘yin durang bo‘lishiga qaysidir ma’noda o‘zimiz ham aybdormiz. Markazdagi xato tufayli yo‘q joydan ikkinchi golni olib keldik. "Buxoro" qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Yigitlarga ham oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytib qolaman. Ularni oxiriga qadar kurashgani va mehnatlari zoye ketmadi va bu o‘z samarasini berdi.

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Birinchi davrani mag‘lubiyatsiz yakunladik. Bu ham o‘ziga yarasha kichkina tarix. Buning uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bayram munosabati bilan qisqa muddatli ta’tilga chiqishdi. Uch yarim kunga hordiq chiqarib olishlari uchun ta’til berdik, futboldan va bir-biridan zerikishi kerak. Chunki, oxirgi to‘rtta turda dam olish imkoniyati bo‘lgani yo‘q. Jamoa bazada to‘planib, har bir o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdi.

Transfer? Ayni paytda faqatgina birgina transferga qo‘l urmoqchimiz. Husniddin G‘ofurov bilan muzokaralar davom etmoqda. Menimcha, boshqa transfer bo‘lmaydi.

Mavsum boshidan beri maqsadimiz o‘zgargani yo‘q. Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardan birini egallash, kerakli natijaga erishib, har bir bahsda muxlislarimizni xursand qilish.

Muvaffaqiyatlarni hech qanday siri yo‘q. "To‘ydan oldin nog‘ora chalmagan ma’qul". Yilni oxirida sarhisob qilamiz. Albatta birinchi davrani mag‘lubiyatsiz o‘tkazishning o‘zi bo‘lmaydi. Lekin bu hali hech narsa degani emas. Ha, kichik tarix yaratildi, bu yoqimli. Lekin hozirgi natija hech narsani anglatmaydi. Ikkinchi davrada ham jiddiy o‘yinlar bor. O‘zbekiston kubogida ham oldinga qadam tashlamoqchimiz. Shu bois hozirgi natijalarimizni ortiqcha piar qilishni hojati yo‘q. Qachonki oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishsak, o‘shanda biror narsa desa bo‘ladi.

Markazlashgan chempionat? Aslida markazlashgan chempionatni vaqtliroq o‘tkazish kerak edi. Chunki, hamma joyda o‘qimoqdamiz, koronavirus bilan bog‘liq kasalliklar ko‘p. Bu o‘zimiz o‘ylagandek oddiy shamollash emas. Chunki, o‘zimizni yaqinlar ham bu kasallikdan qiynalishdi. Bundan buyon hammamiz o‘zimizga qarab, ehtiyot bo‘lib yursak, bundan yengil chiqamiz. O‘zbekiston, umuman butun dunyo ahli koronavirusdan qutulishini istaymiz. Boshida e’tiborsiz bo‘ldik. Masalan o‘zimizni futbolchi Igor Zonich 38 kun davolandi. Ikkinchi davrada uy safar tizimida davom ettiriladi. Muxlislarga ham ruhsat berilsa, uy safar tizimi yaxshiroq. Shunaqa boshlanadi. Ammo, chempionatning oxirgi to‘rtta turini ham shunday markazlashgan holatda o‘tkazish mantiqan to‘g‘riroq bo‘lardi.

Suhrob Sultonovning xatolari? "Lokomotiv" bilan o‘yindagi gol? O‘shanda kutilmagan holatda gol o‘tkazib yubordi. "Navbahor" bilan o‘yinda rikoshet bo‘lgandi. "Loko" bilan o‘yindagi gol bo‘lgan vaziyatda Jo‘rayev boshi bilan to‘pni chiqarib yuborishi kerak edi. Lekin, shunda ham Suhrobga jamoadoshing xato qilsa, sen qutqarishing kerak dedim. Bugungi o‘yinda ham "Buxoro" juda ajoyib gol urdi. Kutilmagan holatda to‘pni tepdi. Umuman yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida mashg‘ulotlarda ishlanadi. Darvozabonlar murabbiyi Pavel Bugalo bilan aynan qaysi jihatlar ustida ishlanishi kerakligi bo‘yicha maslahatlashiladi", — deya jurnalistlarning qator savollariga javob berdi Mirjalol Qosimov.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 02:38, 30.08.2020.
O'qildi: 2883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.