Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

“Barsa” futbolchisi APLda?!

“Barsa” futbolchisi APLda?!

Baho:
+2 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Barsa” futbolchisi APLda?!

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi tez orada Kataloniyaning “Barselona” jamoasi vingeri Usman Dembele bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

“Don Balon” nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” Usmanni 105 million emas, 70 million yevro evaziga ham qo‘yib yuborishga rozi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” Sancho va Duglas Kostalarni qo‘ldan chiqarib yuborgach, bor e’tiborini 23 yoshli vingerga qaratadi.

“Tottenhem” uni qaytaradimi?

 

Londonning “Tottenhem” jamoasi “Inter” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni ortga qaytarmoqchi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, “shporlar” daniyalik futbolchini ortga qaytarish borasida rasman taklif yuborgan, biroq “Inter” salbiy javob qaytargan.

Manbaning ma’lum qilishicha, yarim mavsum davomida to‘p surgan futbolchini “Inter” transferga qo‘ymoqchi emas.

Regilon APLda?!

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Real”ga Serxio Regilon borasida rasmiy taklif yubordi.

AS nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” ispaniyalik himoyachiyni tez orada o‘z safiga qo‘shib oladi.

O‘tgan mavsumni “Sevilya”da ijara asosida o‘tkazgan futbolchini shuningdek “Yuventus” va “Napoli” klublari ham o‘z tarkibida ko‘rish uchun kurashga qo‘shilgan.

“Tottenhem”ga Darvin kerak

 

Londonning “Tottenhem” klubi Ispaniyaning “Almeriya” jamoasi hujumchisi Darvin Nunyes borasida taklif tayyorlamoqda.

“The Sun”nashrining ma’lum qilishicha, “shporlar” forvordni qo‘lga kiritish uchun 15 million yevro sarf etmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, urugvaylik hujumchi uchun “Brayton” jamoasi ham kurashga qo‘shilgan. Klub Darvin uchun turli bonuslar bilan 24 million yevro taklif etmoqda.

“Liverpul” ishga kirishdi

Angliyaning “Liverpul” jamoasi Avstryaning “Zalsburg” klubi hujumchisi Petson Daka bilan shartnoma imzolashga juda yaqin kelmoqda.

“TaemTalk”ning ma’lum qilishicha, 21 yoshli zambiyalik hujumchi bilan “qizillar” jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” Avstriya klubi uchun 20 million yevro taklif etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Petson Daka o‘tgan mavsumda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:48, 03.09.2020.
O'qildi: 20571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик