Italiyaning "Verona" klubi hujumchisi Oliver Yurgens faoliyatini "Inter" klubida davom ettirishi mumkin.
GianlucaDiMarzio.com saytining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 17 yoshli hujumchining xizmatiga shaxsan "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Kontening o‘zi qiziqish bildirmoqda. Yosh hujumchi yakuniga yetgan mavsumda Konteda yaxshi taasuroot qoldirgandi.
Shuningdek, Yurgensga "Valensiya" va "Lester" klublari ham qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Yakuniga yetgan chempionatda Yurgens 19 ta uchrashuvda maydonga tushib 12 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.