Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Superliga. "Paxtakor" "Buxoro" darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi

Superliga. "Paxtakor" "Buxoro" darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan bahsda «Buxoro» va «Paxtakor» jamoalari 5 sentyabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Igor Sergeev Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Masharipov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda buxoroliklar ham faollik ko‘rsatdi, biroq nominal mezbonlar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda «sherlar» vaziyatni nazorat qildi. 76-daqiqaga kelib hisob yirik ko‘rinish oldi: Dragan Cheranning uzatmasidan keyin Akrom Komilov darvozani ishg‘ol qildi. 89-daqiqada Cheran o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi, unga ham golli uzatmani Masharipov amalga oshirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Paxtakor» ochkolarini 38 taga yetkazib olgan holda peshqadam bo‘lib turibdi. «Buxoro» (7) esa 13-pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab 14—16-tur o‘yinlarini muddatidan avval o‘tkazmoqda.

Superliga, 15-tur.

5 sentyabr, shanba

«Buxoro» — «Paxtakor» 0:4

Gollar: 0:1 – 31 Sergeev, 0:2 – 35 Masharipov, 0:3 – 76 Komilov, 0:4 – 89 Cheran.

«Buxoro»: Zafar Safayev, Mirajalol Jumayev, Boburjon Amonov, Anvarjon Jo‘rayev (Suhrob Ne’matov, 52), Jasur Hakimov (Shahzod Beshimov, 70), Aziz Ibragimov, Jasur Hasanov (Ilhomjon Alijonov, 46), Ergash Ismoilov, Izzatilla Abdullayev (Behruz Sadilloyev, 46), Maksimiliyan Fomin (Zohir Pirimov, 59), Solibek Karimov.

«Paxtakor»: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 62), Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeev (Eren Derdiyok, 62), Yegor Krimes, Odil Hamrobekov (Abrorbek Ismoilov, 81), Sardor Sobirxo‘jayev (Sadriddin Abdullayev, 70), Farruh Sayfiyev, Javohir Siddiqov (Doston Hamdamov, 81).

Ogohlantirishlar: Fomin (17), Hamrobekov (19).

Kiritildi: 21:15, 05.09.2020.
O'qildi: 3390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.