Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Jasur Jaloliddinov: «Lokomotiv»dagi debyutimdan ko‘nglim to‘lmadi

Jasur Jaloliddinov: «Lokomotiv»dagi debyutimdan ko‘nglim to‘lmadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov «Lokomotiv» safida norasmiy debyutini o‘tkazdi. Rossiya U-19 terma jamoasiga qarshi kechgan nazorat bahsi (1:3) Jasur uchun moskvaliklar jamoasidagi ilk o‘yin bo‘ldi.

Mazkur o‘yindan keyin «temir yo‘lchilar» matbuot xizmati Jaloliddinovdan intervyu oldi.

— «Lokomotiv»dagi birinchi o‘yiningga qanday baho berasan?

— Qiyin bo‘ldi. Jamoaga butkul moslashib ketdim, ammo hali formamni tiklashim kerak. O‘zbekiston chempionatida tanaffus yuzaga kelgandi, ko‘p vaqtda o‘ynay olmadim.

— Bu o‘yindagi harakatlaringdan ko‘ngling to‘ldimi?

— Yo‘q, hali yuz foiz tayyor emasman. Jismoniy tomondan to‘liq tayyor bo‘lmasang, o‘zingni ko‘rsatish qiyin kechadi.

— Mazkur o‘yinda hujumning barcha chizig‘ida harakat qilding. Qay biri qulayroq?

— Farqi yo‘q — chap, o‘ng yoki hujum orti.

— Murabbiy qanday ko‘rsatma berdi?

— Qanotlarda yordam berish va ikkinchi hujumchi sifatida harakat qilishimni aytdi. Ederga yaqinroq o‘ynadim.

— Jamoaning o‘yiniga qanday baho berasan?

— Xulosalar chiqarish kerak. Istalgan mag‘lubiyat yaxshi emas, sababi barcha bahslar muhim. Yomon o‘ynamadik, ammo o‘yin unutiladi, natija esa qoladi.

— Jamoaga moslashib ketganingni aytding. Bunda kimlar yordam berdi?

— Barcha yigitlar — Gilyerme, Chorluka. Mashg‘ulotdan keyin Aleksey Miranchuk bilan qolib, jarima zarbalari ustida ishlardik. U bilan bir oylik mashg‘ulot ichida ko‘p narsani o‘rgandim. Afsuski, u ketib qoldi.

— Miranchuk «Atalanta»ga ketgach, uni kumirim deb atading.

— Ha, u mening kumirim. Bolalikdan uning o‘yinini kuzatib kelaman va u kabi futbolchi bo‘lishni istaganman. Unda bor qaysi jihatlar o‘zimda yo‘qligini bilaman. Miranchukka o‘xshashga harakat qilaman, ammo uning o‘rnini bilintirmaslikning iloji yo‘q.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:23, 09.09.2020.
O'qildi: 5885 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик