"Groningen" hujumchisi Aryen Robben Niderlandiya chempionatining 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "PSV"ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.
Goal tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. Hujumchi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshladi. U 2-turdan o‘rin olgan "Den Xaag" klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Robben bir yillik tanaffusdan keyin futbolga qaytgan edi.