Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Vadim Abramov: «Yaxshi o‘yin namoyish etmadik»

Vadim Abramov: «Yaxshi o‘yin namoyish etmadik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"G‘alaba qo‘limizda bo‘lgani bilan juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz yomon holat. Butun o‘yin davomida bir kishi ko‘p o‘ynaganimizni inobatga olsak, bugungi bahsda yaxshi harakat qildik, deya olmaymiz.

Vaziyatlarimiz golga aylanmayotganini ko‘rgach, vaziyat og‘irlashib borayotganini his qildim. Xayriyatki, yigitlar darvozaga yo‘l topa bilishdi.

"Mash’al" yaxshi jamoa. Biz qiyin raqibga qarshi o‘ynashimizni bilgandik. Futbolchilar 10 kishi bo‘lib o‘ynayotgan jamoani 1:0 hisobida yutayotganligi uchun oldinga intilmadi. Ular orqa chiziqda to‘pni nazorat qilib, o‘z vaziyatlarini kutmoqchi bo‘lishdi va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik", — dedi Abramov.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:58, 16.09.2020.
O'qildi: 2335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик