Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Eng katta transfer kompaniyalari (top 10)

Eng katta transfer kompaniyalari (top 10)

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi bu mavsumda transferlar uchun klub tarixidagi rekord summani sarf etganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, futbol olamida bu boradagi rekord qaysi klubga tegishli? Stadion.uz bugun ushbu mavzu borasida atroflicha fikr almashadi.

10-o‘rin. «Manchester Siti» – 207,88 million yevro

2015 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid : Kevin De Bryuyne – 76 million yevro

Pep Gvardiola kelishidan bir mavsum avval, «shaharliklar» transferlar uchun 200 milliondan ortiqroq summani sarf etishadi. Bugungi kundagi tarkibning «suyagini» tashkil etuvchi Rahim Sterling ham aynan 2015 yildagi transferlar samarasi sanaladi. Bundan tashqari, himoyachilarga katta summa sarf etishni ham «Siti» o‘sha yili boshlagan. «Valensiya» himoyachisi Otamendi uchun 44,5 million yevro to‘lagan «shaharliklar» Angliya Liga Kubogida zafar quchishadi. Bundan tashqari, Pellegrini shogirdlari Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borishni ham uddalashadi.

9-o‘rin. «Chelsi» – 223,2 million yevro

2020 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Kay Xavers – 80 million yevro

Bu mavsumda Frenk Lempard yangi futbolchilar uchun 223 million yevro sarf etdi. To‘g‘ri, katta summa, biroq Antonio Konte ham bir paytlar 200 million yevroni transferlar uchun ishlatgan edi. Ushbu summaning katta qismi Morata, Ryudiger, Dzapakosta, va Drinkuoterlar uchun ishlatilganini inobatga olsak, Kontening transfer kompaniyasini oqlab bo‘lmaydi. Frenk bu transferlardan qanday naf chiqarishini esa, davom etayotgan mavsum ko‘rsatib beradi.

8-o‘rin. «Barselona» – 230,7 million yevro

2017 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Usman Dembele – 138 million yevro

2017 yilda Kataloniya klubi transferlar uchun yaxshigina summani ajratishga qaror qildi. YECHLdagi omadsizlikdan so‘ng, klub Dembele, Semedu va Paulinyolarni tarkibga qo‘shib oldi. Qishda esa, 145 million yevro evaziga Filippe Koutinyo Kataloniyaga ko‘chib o‘tdi. Umumiy hisobda, (o‘sha mavsumda) «Barsa» transferlar uchun 400 millionni ishlatib yubordi, ammo… Neymarning transferidan kelib tushgan pullarni omadsiz sarflagan klub «Roma»dan «tarsaki» qabul qilib oldi va YECHLni tark etdi. Qo‘shimchasiga, jamoada moliyaviy muammolar boshlandi. Bu muammolar bugungi kunlarimizga qadar yetib keldi va haligacha o‘z yechimini topgani yo‘q.

7-o‘rin. PSJ – 238 million yevro

2017 yil yozgi transfer

Eng qimmat xarid: Neymar – 222 million yevro

Qizig‘i shundaki, 2017 yilda Parij klubi atigi ikkita transferni amalga oshirdi holos. Neymardan tashqari Yuri Berchechni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan klub umumiy hisobda 238 million yevrodan voz kechdi. To‘g‘ri, Mbappe ham Neymar bilan birgalikda klubga tashrif buyurgan, biroq Parij klubi yosh iqtidor egasini ijaraga olgan edi. Rasmiy transfer esa, 2018 yilda amalga oshirilgan. Kilian uchun Parij klubi 145 million yevroning baxridan o‘tdi va adashmadi.

6-o‘rin. “Atletiko Madrid” – 243,5 million yevro

2019 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xaridi: Joau Felish – 126 million yevro

O‘tgan yozda «matraschilar» transferlardan naqd 312 million yevro ishlab olishga muvaffaq bo‘lishdi. Qo‘lga kiritilgan summaning katta qismi esa, yangi futbolchilar uchun sarf etildi. Asosiy urg‘u Joau Felishga berilgan bo‘lsa, qolga pullar Markos Lyorente, Ermoso, Felipe, Lodi va Trippyerlarning transferi uchun ishlatildi.

5-o‘rin. «Manchester Siti» – 248,5 million yevro

2017-yil yozgi transfer oynasi

Yeng qimmat xarid: Benjamin Mendi 54 million yevro

Oradan ikki yil o‘tib, «Siti» Pep Gvardiola qo‘l ostida o‘z rekordini yangilashga qaror qildi. Chorak milliard yevroni Ederson, Bernardo Silva, Mendi, Uoker, Danilo singari futbolchilar jamoaga jalb etildi. Qishda esa, klub tasarufiga Lyaport ham kelib qo‘shildi. Amalga oshirilgan transfer kompaniyasi bekor ketmadi. «Shaharliklar» Pep Gvardiola qo‘l ostida 100 ochko jamg‘argancha APL g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

4-o‘rin. «Barselona» – 255 million yevro

2019 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Antuan Grizman – 120 million yevro


Kataloniya klubi og‘ir vaziyatdan chiqib ketish maqsadida o‘tgan mavsum boshida 255 million yevroni transferlar uchun "qurbon" qildi. Afsuski bu pullar klubga hech qanday naf olib kelmadi. Sovrinsiz mavsum va 2:8 natijasidan so‘ng, «Barselona»ning qay darajada botqoqqa botib qolgani ma’lum bo‘lib qoldi.

3-o‘rin. «Real Madrid» – 258,5 million yevro

2009 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Krishtianu Ronaldu – 94 million yevro

Florentina Peres klub Prezidentiligiga qaytgach, o‘zining ilk transfer kompaniyasini yorqin o‘tkazish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Peres birinchi urunishdayoq Arbeloa, Alonso, Benzema, Albiol, Kaka va Krishtianu Ronaldularni Madridga olib keldi. Afsuski, bunday nomlarni boshqarish Manuel Pelegrinining qo‘lidan kelmadi va chililik mutaxassis mavsum so‘nggida iste’foga chiqdi.

2-o‘rin. «Yuventus» – 262,6 million yevro

2018 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Krishtianu Ronaldu – 117 million yevro

Oradan 9 yil o‘tib, Ronaldu yana e’tibor markazida bo‘ldi va 117 million evaziga Turinga ko‘chib o‘tdi. Bundan tashqari, Joau Kanselu, Duglas Kosta va Leanardo Bonuchchilar «zebralar» a’zosiga aylanadi. To‘g‘ri, ushbu transferlar sababli  «Yuve» chempionlikni hech kimga bermay kelyapti, ammo YECHLdagi oltin medallarga yetishning ham imkoni bo‘lmayapti.

1-o‘rin. «Real Madrid» – 367 million yevro

2019 yil yozgi transfer oynasi

Eng qimmat xarid: Eden Azar – 160 million yevro

O‘tgan mavsum boshida Florentina Peres «Real»ning imjini tiklash maqsadida 367 million yevrodan voz kechdi. Kelajak uchun Rodrigo, Eder, Mendi singari futbolchilar xarid qilingan bo‘lsa, hujumda Benzemaga yordam berishi uchun Yovich va Eden Azarlar xarid qilindi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:38, 17.09.2020.
O'qildi: 11417 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.