Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Bundesliga start olmoqda! Kimlarni e’tibordan qochirmaslik lozim?

Bundesliga start olmoqda! Kimlarni e’tibordan qochirmaslik lozim?

Baho:
+ | -

Stadion.uz bu mavsumda Bundesliga o‘yinlarini yanada qizg‘in o‘tishini ta’minlab beruvchi futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

«Bavariya» – Leroy Sane

Myunhen klubining hujum chizig‘i kishi ko‘zini qamashtirishi turgan gap. Shunday bo‘lsada, yangi mavsumda klub Perishich va Koutinyolarning hizmatidan foydalana olmaydi. Ular ortga, o‘z klubiga qaytib ketishdi. Myunhen klubi esa, bu yigitlarning o‘rnini «Manchester Siti» vingeri Leroy Sane bilan to‘ldirishga qaror qildi. O‘tgan mavsumda Koman, Levandovski, Myuller va Gnabrilar barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi. Sane esa, katta g‘alabalarga juda o‘ch. Boz ustiga, uzoq muddat jarohatidan forig‘ bo‘lgan futbolchi yashil maydoni juda sog‘ingan. Agar hammasi reja asosida ketsa, Sane o‘zi shundoq ham hujumkor jamoani yanada keskin to‘p surishi uchun imkon yaratishi lozim.

«Borussiya Dortmund» – Erling Xoland

Norvegiyalik to‘purar yanvar oyida Dortmundga ko‘chib o‘tdi va darrov nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. 18 ta o‘yin va 16 ta gol. 20 yoshli futbolchini allaqachon dunyoning eng kuchli markaziy hujumchilari qatoriga qo‘shib qo‘yishdi. Xoland bu statusni ushlab qolish uchun ham kelasi mavsumda har bir o‘yinda ko‘zga tashlanishi lozim. Shuningdek, Jeydon Sancho va Jovanni Reynalar ijrosida ham shou tomosha qilsak, ajab emas.

«RB Leypig» – Dayot Upamekano

Dayot ayni damda sayyoramizdagi barcha grand klublar e’tibor markazida turibdi. Shunday bo‘lsada, Nagelsman uni yana bir mavsum tarkibda ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, Upamekano jamoaning o‘yin falsafasida juda muhim rol ijro etadi. Birinchi pasdan tortib, o‘yin tempigacha markaziy himoyachi javobgar. Boshqacharoq qilib aytganda, u zamonaviy himoyachilar avlodidan. Katta ehtimol bilan, yaqin 10 yil ichida Dayot dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi nomini hech kimga bermaydi. Bu mavsum oldindagi mavsumlar debochasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

«Bayer» – Patrik Shik

Kay Havers ketgach, Amiri va Virtslar yetakchilikni o‘z qo‘liga olishi lozim. Markaziy hujumda esa, Patrik Shik harakat qiladi. «Roma»dan 26,6 million yevro evaziga xarid qilingan forvard o‘tgan mavsumni «RB Leypsig» safida ijara asosida o‘tkazdi. Yangi mavsumda esa, u boshqa bir nemis klubida to‘p suradi. O‘z iqtidorini to‘liq namoyish eta olmagan futbolchiga «Bayer» qay darajada yordam bera oladi? Bundesliganing ushbu mavsumida savolning javobini bilib olishimiz mumkin.

«Borussiya M» – Markus Tyuram

Tan olish lozim, ushbu klub hujum chizig‘ida ajoyib uchlik shakllanib bormoqda. Alassan Plea, Brel Embolo va Markus Tyuram! Afsonaviy Liliyan Tyuramning o‘g‘li otasidan farqli o‘laroq, hujumda harakat qilishni afzal ko‘rdi. 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barchaning e’tiboriga (10 ta gol, 8 ta assist) tushgan edi. Yangi mavsum aynan u «Borussiya M»ning yangi yetakchisi bo‘lishi kutilmoqda.

«Verder» – Taxit Chong

Bremen klubi «mo‘’jiza» evaziga Bundesligadagi o‘rnini saqlab qolgach, yangi mavsumni yaxshiroq o‘tkazish haqida bosh qotirishni boshlab yubordi. To‘g‘ri, bugungi kunda jamoa yetakchiligiga Milot Rashis asosiy da’vogar, biroq «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan Taxitni ham unutmaslik lozim. Yosh bo‘lishiga qaramay, Chong allaqachon kubok uchrashuvida gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zining ilk to‘liq mavsumini o‘tkazish arafasidagi Chongning o‘yinlaridan bebahra qolmang! «Qizil iblislar» muxlislari bu futbolchini alohida kuzatib borishlarini tavsiya etamiz!

«Shalke» – Ozan Kabak

Ozan mart oyida 20 yoshni qarshi oldi. Turk allaqachon grand klublar shortlistidan o‘rin egalladi. E’tiborlisi shundaki, u o‘yindan o‘yinga o‘sib bormoqda. Sovuqqon yarim himoyachi universallik sari intilmoqda. Agar bu mavsumni ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkaza olsa, katta ehtimol bilan kelasi mavsumni grand jamoalardan birida boshlashi aniq. Shuningdek, «Shalke» tarkibida yosh uelslik futbolchi Rabbi Motondo ham e’tiborga molik! Uni ham kuzatib borishni unutmang.

“Arminiya” – Ritsu Doan

22 yoshli yapon futbolchisi “Arminiya”ni elitada jon saqlab qolishi uchun jon kuydirishiga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, qit’adoshimiz PSV klubida o‘z o‘rnini topa olmadi,biroq endi unda faoliyatini qayta ishga tushirish uchun ikkinchi imkon mavjud. «Groningen» klubida namoyish etgan tempni Bundesligada takrorlay olsa, ko‘p o‘tmay biz Doanning nimalarga qodir ekanligini bilib olamiz.

«Union» – Maks Kruze

«Nemis Zlatani» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Kruze o‘z vataniga qaytib keldi. «Fenerbahche»dagi o‘rtacha mavsumlardan so‘ng, «Union» uni o‘z tarkibiga qo‘shib katta tavakkalga qo‘l urdi. Gap shundaki, janjallar uyasi sanalgan Maks juda katta maosh oladi. Hozircha, bu maoshni oqlashi yoki oqlay olmasligi katta so‘roq ostida qolmoqda. O‘z iqtidorining 10 foizini ham namoyish eta olmagan Kruzega va «Union» klubiga yangi mavsumda omad tilab qolamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:32, 18.09.2020.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.