Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Ryudiger ketadimi?

Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

“Sky Sport" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi «Liverpul» bilan o‘yinda zaxiradan ham o‘rin egallamaganidan xavotirda.

Manbaning ma’lum qilishicha, himoyachi Yevropa chempionatida to‘p surish maqsadida doimiy o‘yin amaliyotga ega bo‘lmoqchi.

«Liverpul»ga takliflar «yog‘ilmoqda»

Angliyaning «Liverpul» jamoasi hujumchisi Rian Bryusterga qiziqib qolganlar soni ortmoqda.

“Sky Sport” nashrining ma’lum qilishicha, «Kristan Pelas» jamoasi yosh futbolchi uchun «qizillarga» 19 million funt taklif etmoqda. Boz ustiga, jamoa Bryusterni qaytib sotib olish bandi bilan xarid qilishga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda «Suonsi» tarkibida ijara asosida to‘p surdi va 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, hujumchi 11 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilishni ham uddaladi.

PSJ Kulibaliga yaqin

Fransyaning PSJ jamoasi «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.

“The Telegraph" nashrining ma’lum qilishicha, Parij klubi senegallik himoyachi uchun 82 million yevro taklif etmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, avvalroq «Manchester Siti» Kulibali uchun 72 million yevro taklif etgan, biroq bu summa Italiya klubini qoniqtirmagan.

«Bayer» ishga kirishdi

Leverkuzenning «Bayer» jamoasi “Atletiko” klubi himoyachisi Santyago Aryas bilan shartnoma imzolash niyatidan.

“Kicker” nashrining ma’lum qilishicha, nemis klubi 28 yoshli himoyachini bir mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, kolumbiyalik futbolchi bilan shuningdek, «Roma» va PSJ jamoalari ham qiziqib qolgan.

«Yunayted» ishga kirishdi

 

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Aleks Tellas faoliyatini «tumanli albion»da davom ettirishi mumkin.

RMC nashrining ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» 27 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, tez orada klub «ajdarlar» bilan transfer summasi borasida ham kelishuvga erishadi.

Eslatib o‘tamiz, «Portu» klubi o‘z futbolchisi uchun 20 million yevro talab etmoqda, ammo inglizlar shartnomasi yakunlanishiga bir mavsum qolgan futbolchi uchun 10 million yevrodan ko‘p bermoqchi emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:22, 22.09.2020.
O'qildi: 11156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.