Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Rasman. «Paxtakor» OCHL nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ldi

Rasman. «Paxtakor» OCHL nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ldi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi "V" guruhida "Paxtakor" va "Shabab al-Ahli" klublari pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishdi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ushbu guruhda peshqadamlik qilib turgan "Al-Hilol"ning barcha natijalari bekor qilindi. Boisi, Saudiya jamoasida COVID-19 kasalligi keng tarqalgani uchun klub so‘nggi tur bahsi uchun qaydnomaga bor-yo‘g‘i 11 nafar futbolchini (ulardan 3 nafari darvozabon) kiritdi. Qoidaga ko‘ra esa, jamoa kamida 13 nafar futbolchi bilan bahsga tashrif buyurishi kerak edi.

OCHL reglamenti har bir jamoaga 35 nafar o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini bergan bo‘lib, "Al-Hilol" 30 o‘yinchini "zayavka" qilgan edi. Jamoa Dohaga 27 o‘yinchini olib kelgan edi.

Osiyo futbol konfederasiyasi so‘nggi tur uchrashuvini o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi va "Al-Hilol" klubi bilan yaqin aloqada bo‘lib turdi. Tomonlar muammolarni hal etish uchun bor kuchini berganiga qaramay, o‘yinni o‘tkazishning imkoni bo‘lmadi.

OCHL reglamentining 4.3 bandida quyidagicha qoida mavjud:

"Agar jamoa safidagi o‘yinchilar soni har qanday sababga ko‘ra 13 nafardan kam bo‘lsa (bir darvozabonni qo‘shib hisoblaganda), klubning uchrashuvda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda mas’uliyat klub zimmasiga yuklanadi va u musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.

Ammo ma’lum sharoitlarda, agar o‘yinning boshqa muddatga ko‘chirilishi musobaqa taqvimiga ta’sir qilmasa, OFK musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi istisno tariqasida, o‘yinni boshqa vaqtga ko‘chirishi mumkin".

OCHL G‘arb mintaqasidagi o‘yinlarni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkiliy qo‘mita "Al-Hilol" - "Shabab al-Ahli" o‘yinini boshqa muddatga qoldirish musobaqaning keyingi taqvimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olgan holda, istisno qilmaslikka qaror qildi.

Shu tariqa, "Al-Hilol"ning barcha natijalari bekor qilindi. Natijada "Paxtakor" va "Shabab al-Ahli"ning hisobidagi ochkolar 7tani tashkil qildi. Agar Arveladze jamoasi bugun "Shahr Xodro"ga yutqazsa ham, o‘zaro o‘yinda BAA jamoasidan ustunlikka ega bo‘lgani uchun guruhda 1-o‘rinni egallaydi.

"Paxtakor" nimchorak finalni 26 sentyabr kuni Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:45, 23.09.2020.
O'qildi: 5015 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик