Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

OCHL. «Paxtakor» nihoyat Qatarda g‘alaba qozondi

OCHL. «Paxtakor» nihoyat Qatarda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining G‘arb mintaqasi jamoalari ishtirokida markazlashgan holda o‘tkazilayotgan musobaqada "Paxtakor" to‘rtinchi o‘yinga kelib nihoyat g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Eronning "Shahr Xodro" klubiga qarshi o‘yinda tomonlar ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo uchrashuvda faqat bitta gol urildi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Javohir Siddiqov tomonidan burchakdan yetkazilgan uzatmani Masharipov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Uchrashuv boshlanish arafasida "Al-Hilol" musobaqadan chetlatilgani aniq bo‘lgani uchun "Paxtakor" eronliklarga qarshi o‘yin natijasidan qat’iy nazar guruhda 1-o‘rinni egallab bo‘lgan edi. Shuning uchun "sherlar" murabbiylar shtabi ikkinchi bo‘limda asosiy tarkibning 5 nafar o‘yinchisiga dam berishga qaror qilib, maydonga yangi kuchlarni tashladi.

"Paxtakor" bugungi g‘alabadan so‘ng guruh bosqichini 10 ochko bilan yakunladi. Toshkentliklar nimchorak finalni 26 sentyabr kuni Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi o‘tkazadi.

OCHL, 6-tur
"Shahr Hodro" - "Paxtakor" - 0:1
Gol: Jaloliddin Masharipov (65)
"Shahr Hodro": Matin Safaian, Ali Ne’mati, Farshad Faraji, Omid Mansuri, Hassan Ja’fari, Muhammad Faramarzi, Akbar Sodiqi, Ali Taheran, Muhammad Rizo Xalatbari, Ruholloh Sayfulloh, Muhammad Najafabadi.
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov (Komilov 46), Anzur Ismoilov, Krimes (Abdullayev 67), Sayfiyev, Hamrobekov (Kozak 46), Abror Ismoilov, Hamdamov (Sidiqov 46), Cheran (Sobirjonov 77), Masharipov, Sergeev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:57, 24.09.2020.
O'qildi: 3401 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик