Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

O‘zbekiston U16 terma jamoasi Tojikistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U16 terma jamoasi Tojikistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun tojikistonlik tengdoshlariga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Olim Shokirov shogirdlari bu safar raqibni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi. Vakillarimiz bahsning 5-daqiqasida Shahzod Akromov hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym tugashiga 4 daqiqa qolganida mezbonlar penaltidan hisobni tenglashtirishdi.

O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida esa Po‘latjon Jumaxonov O‘zbekiston U16 terma jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval o‘tkazilgan dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Tojikiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Tojikiston U16 - O‘zbekiston U16 - 1:2
Gollar: Xurshed Davlatzode (41-pen.) - Shahzod Akramov (5), Po‘latjon Jumaxonov (84)
O‘zbekiston U16: A. Kenjayev, T. To‘xtasinov, M. Abdurazakov, A. Xusanov, A. Vaniyev, M. Usmanov, A. Xayrullayev, R. Islamov, SH. Akramov, A. Qoxarjonov, M. O‘rinboyev
Zaxira: V. Pogosyan, S. Payonov, A. Zevatdinov, N. Abdurazaqov, D. Inomov, M. Pazildinov, A. Beglarxanov X. Mahmudov, P. Jumaxanov, R. Turdimurodov, S. Hojiboyev

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:17, 24.09.2020.
O'qildi: 3260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик