Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Eriksen APLga qaytadi?!

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Taem Talk« nashrining ma’lum qilishicha, »qizil iblislar« Eriksenni qo‘lga kiritish uchun "Inter"ga 18 million yevro taklif etmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Sulsher ushbu transferni bir hafta ichida rasmiylashtirishni istamoqda.

Kyuizans ham APLga yo‘l olmoqda

Myunhenning «Bavariya» jamoasi yarim himoyachisi Mikael Kyuizans yangi mavsumni «tumanli albion»da boshlashi mumkin.

"Footmercato« nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchining xizmatlari bilan "Lids" jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Myunhen klubi o‘z futbolchisini ijaraga berishga rozi. Jamoa fransuzning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun hamma narsaga tayyor.

Fofana trendda!

«Sent-Etyen» jamoasi himoyachisi Uesli Fofana faoliyatini ingliz klublaridan birida davom ettirishga yaqin.

Jurnalist Nikola Skira bergan ma’lumotlarga qaraganda, 19 yoshli futbolchi bilan «Lester» va «Vest Hem» jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, fransuz klubi himoyachini 40 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

«Marsel» «yulduzcha»ni qo‘lga kiritdi

Braziliyalik yarim himoyachi Luis Enrike Lima «Marsel» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

«Botafogo» klubidagi o‘yinlari bilan grand klublar e’tiborini tortgan bo‘lajak yulduz yangi mavsumni «Marsel» safida boshlaydi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, klub Lima bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Ayni damda, transferning moliyaviy jihatlari haqida ma’lumot yo‘q.

«Roma» «Real» bilan aloqaga chiqdi

Rimning «Roma» klubi transfer huquqi «Real Madrid»ga tegishli bo‘lgan Borxa Mayoral bilan qiziqib qoldi.

Jurnalist Janluka Di Marsio bergan ma’lumotlarga qaraganda, «bo‘rilar» hujumchi borasida Madrid klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mayoralning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi. Uning transferi 10-12 million yevroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:16, 25.09.2020.
O'qildi: 12040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.