«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone koronavirusdan sog‘ayib, jamoa bilan ishga qaytdi. 50 yoshli argentinalik futbolchi COVID-19 tufayli ikki hafta davomida futbolchilarni shug‘ullantira olmadi.
"Matraschilar"ning kechagi mashg‘ulotida hujumchi Luis Suares ham ishtirok etdi. Urugvaylik futbolchi yakshanba kuni «Granada»ga qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin.