Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Toma Lemar faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin deya xabar bermoqda Sky Sports.
Qayd etilishicha, unga Germaniyaning «Leypsig» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq unga Portugaliyaning "Portu" tomonidan qiziqish bo‘layotgandi, biroq, futbolchi bu taklifni rad etgandi.