Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Mattia Perin koronavirusga chalinganligi sababli, safdan chiqdi.
Football Italia nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, darvozabonda isitma paydo bo‘lgan. Ayni paytda u karantinga olingan.
27 yoshli Perin ayni paytda "Jenoa" klubi tarkibida ijara asosida o‘ynamoqda. Koronavirus sababli, u yakshanba kuni "Napoli" klubiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.