Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

VAR — qizil kartochka, VAR — penalti: «Real» g‘alaba qozondi

VAR — qizil kartochka, VAR — penalti: «Real» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "Betis" va "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda madridliklar 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Valverde hisobni ochgan bo‘lsa-da, 35 va 37-daqiqalarda Mandi va Karvalyuning gollari mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 

O‘yinning 48-daqiqasida «Betis» futbolchisi Emerson o‘z darvozasini ishg‘ol etib natijani 2:2 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Oradan 20 daqiqa o‘tib Emerson qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.  

Uchrashuvning 82-daqiqaga kelib mezbonlarning jarima maydonidagi qo‘polligi uchun belgilangan 11 metrlik nuqtani Serxio Ramos golga aylantirdi va jamoasiga mavsumdagi ilk g‘alabani keltirdi.

Betis – Real Madrid 2:3 (2:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 14 Valverde, 1:1 – 35 Mandi, 2:1 – 37 Vilyam Karvalyu, 2:2 – 48, avtogol Emerson, 2:3 – 82, penalti Ramos.

Betis – Robles, Moreno, Bartra, Mandi, Emerson, Xoakin (Telyo, 63), Rodriges, Vilyam Karvalyu, Kanales, Fekir (Moron, 73), Sanabriya (Montoyya, 69).

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Varan, Karvaxal, Ramos, Edegor (Isko, 46), Valverde, Kroos (Modrich, 45), Kazemiro, Yovich (Mayoral, 72), Benzema.

Ogohlantirishlar: Emerson (12), Rodriges (40), Karvaxal (42), Modrich (53), Bartra (81), Kanales (84), Mandi (90).

Chetlatish: Emerson (67). 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:58, 27.09.2020.
O'qildi: 7021 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик